“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2024, 07:55
ЎЗO‘Z

Rossiyalik virusolog issiq havoning koronavirusga qanday ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi

05 apr, 21:25 5 160 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyalik virusolog issiq havoning koronavirusga qanday ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi Foto: Shutterstock
Nyu-York fanlar akademiyasi a’zosi, virusolog Anatoliy Altshteyn issiq havoning koronavirusga ta’siri haqida o‘z mulohazalarini bildirdi, deb xabar beradi «Ura.ru».

Mutaxassisning fikricha, bahorgi iliq havo virusning tarqalishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq yozga borib, kasallik tarqalishi sekinlashishi mumkin. Altshteynning so‘zlariga ko‘ra, respirator kasalliklar epidemiyasi odatda yilning salqin mavsumida tarqaladi, chunki yozda odamlar kasallikka kamroq moyil bo‘ladi.

Bundan tashqari, infeksiyaning tarqalishiga fuqarolarning o‘zini o‘zi izolyatsiyalashi va boshqa qabul qilingan cheklov choralari ta’sir ko‘rsatadi. Ularning ilk natijalarini bir haftalardan keyin ko‘rish mumkin. «Keyingi hafta biz o‘zimizni izolyatsiya qilgan vaqtimizda kasallikni yuqtirgan odamlar paydo bo‘ladi», — deydi virusolog.

Avvalroq AQSHdagi Stenford universitetining tibbiyot markazi mutaxassislari koronavirus haqidagi afsonalardan birini yo‘qqa chiqargani haqida xabar berilgandi.

2019 yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan koronavirus pandemiyasi dunyoning 181 dan ortiq davlatiga tarqaldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,2 million kishidan oshgan, vafot etganlar soni esa qariyb 65 ming kishiga yaqinlashib qolgan. AQSHning o‘zida kasallar soni 310 ming kishidan oshib ketdi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 298 kishiga yetdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi 11 мая, 07:31 1
  • Tojikiston va AQSH terrorchilar harakatini kuzatish tizimini joriy etadi 11 мая, 07:06 8
  • Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi” 11 мая, 00:11 55
  • Xarkiv oblasti chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. Bu haqda nimalar ma’lum? 10 мая, 23:23 380
  • Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi 10 мая, 23:00 57
  • AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi 10 мая, 22:36 335
  • So'nggi yangiliklar
  • Rivaldo YECHL finalida "Borussiya" g‘alaba qozonishi sababini aytdi 11 мая, 06:43 0
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 0
  • Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi” 11 мая, 00:11 38
  • Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi 10 мая, 23:47 49
  • Xarkiv oblasti chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. Bu haqda nimalar ma’lum? 10 мая, 23:23 273
  • Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi 10 мая, 23:00 37
  • Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan" 10 мая, 22:36 49
  • AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi 10 мая, 22:36 282
  • Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi? 10 мая, 22:14 48
  • Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud 10 мая, 21:47 46
  • General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi 10 мая, 21:27 122
  • Islandiyada atmosferadagi ifloslanishni tozalaydigan yirik zavod ish boshladi 10 мая, 21:00 62
  • Bo‘limlar