“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 17:25
ЎЗO‘Z

Karantin vaqtida mehnatga va mehnat ta’tiliga qanday haq to‘lanadi?

05 apr, 16:36 4 619 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin vaqtida mehnatga va mehnat ta’tiliga qanday haq to‘lanadi? AOKA shtabida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyozmetova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan vazirlik faoliyatiga oid ko‘tarilgan savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Kecha rahbarimiz telefon qilib: «Siz oxirgi ish haftasida uyda o‘tirib ishlamoqdasiz, shu sabab sizga mazkur ish haftasi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan ish haqining yarmi to‘lanadi», — dedi. Aytingchi, men uyda o‘tirib ishlasam, oyligimning yarmi to‘lanadimi?
— Uyda ishlashga o‘tkazilgan xodimning mehnatiga haq to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

- mehnatga haq to‘lashdagi soatbay asosida — xodimning uyda ishlashga o‘tkazilgunga qadar belgilangan tarif stavkasi (lavozim okladi)dan kelib chiqqan holda;
- mehnatga haq to‘lashdagi ishbay asosida.

Demak, ushbu holatda Sizga oylik ish haqlari ish beruvchi va siz o‘rtangizda tuzilgan mehnat shartnomasida nazarda tutilgan tartibda TO‘LIQ TO‘LAB BЕRILADI!

Asos — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yil 25 martdagi 9-2020/B sonli Buyrug‘i bilan (Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 28 martda 3228-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) karantin davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazish vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida tasdiqlangan Nizomning 22-bandi.

— Temir yo‘l tizimida ishlayman. Karantin tufayli va korxonamiz vaqtincha ishlamasligi ma’lum qilinib, bizdan kadrlar bo‘limi boshlig‘i o‘z hisobimizdan 15 kunga ish haqi saqlanmagan holda ta’tilga chiqish uchun ariza yozib berishimizni talab qildi. Shoshib tezda ariza yozib berdim. Biroq, OAVda karantin davridagi ta’tillar uchun ish haqlari to‘liq to‘lanadi deyishmoqda. Qonuniy tartibi qanday?
— Idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib («onlayn» rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralarini ko‘rish belgilangan.

Xodimni ish haqi saqlanmagan holda ta’tilga FAQAT O‘Z ROZILIGI BILAN chiqariladi!

Asos — 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasi. 2. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-sonli "Koronavirus infeksiyasi traqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorning 2-bandi.

Bu holatda Sizdan ish haqi saqlangan holda mehnat ta’tiliga chiqarish haqida ariza yozdirib olib, ish haqi saqlanmagan holdagi ta’til berilishi MUMKIN EMAS! Bu qonunchilikka zid.

— Rahbarimiz meni masofadan ish usuliga o‘tib ishlaysan deb, tashkilotda ishlashga ruxsat bermadi, men bunga rozi bo‘ldim, lekin menga masofadan ishlashga umuman sharoit yaratib bermadi va tegishli topshiriqlarni ham bermadi. Endi menga rahbarimiz ish haqi to‘lamasligini aytmoqda, ishlamaganim rost, ammo bunda mening aybim yo‘qku, shu to‘g‘rimi?
— Mehnat kodeksining 159-moddasiga asosan, masovafiy ish usulida ish beruvchi xodimga sharoit yaratib bermasa va topshiriqlar bermasa, XODIMNING AYBISIZ bekor turib qolish hisoblanadi va xodimning o‘rtacha ISH HAQI SAQLANISHI LOZIM!

— Men yanvar oyida mehnat ta’tiliga chiqib bo‘lganman, menga direktor yana mehnat ta’tili berishi kerakmi yoki ish haqi saqlanmagan holda ta’tilmi?
— Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilishi davom etishi munosabati bilan, xodimning mehnat ta’tili tugash kuni ishga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, ish beruvchi nomiga quyidagi mazmundagi arizani yuboradi:

➖ muddati va boshlanish sanasi ko‘rsatilgan ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til olish bo‘yicha;
➖ masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga vaqtincha o‘tkazish bo‘yicha.

Ish beruvchi xodimga arizasida ko‘rsatilgan sanadan boshlab to‘liq muddatga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishga majbur. Mazkur mehnat ta’tili uning muddatidan qat’i nazar xodimning ISH STAJIGA KIRADI.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 63
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 92
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 554
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 519
  • So'nggi yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Bo‘limlar