“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 00:38
ЎЗO‘Z

O‘rta Osiyoda birinchi marta O‘zbekistonda sun’iy nafas oldirish apparatlari ishlab chiqariladi

05 apr, 15:10 2 759 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘rta Osiyoda birinchi marta O‘zbekistonda sun’iy nafas oldirish apparatlari ishlab chiqariladi Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Slovakiyaning Chirana kompaniyasi va rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda sun’iy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnologiyalar transferi amalga oshirilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish hamda transfer qilish boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Boboxonovning aytishicha, sun’iy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarish joriy yilning may oyida boshlanadi. Toshkentning Bektemir tumanida ishlab chiqarish uchastkasi qurilishini yakunlash esa joriy yilning sentabr oyiga qadar rejalashtirilmoqda va zavod ishga tushiriladi.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning birinchi bosqichida 3 million dollar miqdorida investitsiya kiritish va 30 ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichida esa 6 million dollargacha investitsiyalar va 100 tagacha ish o‘rinlari ochilishi kutilmoqda.

«Sun’iy nafas oldirish apparatlari hozirda jahonning 12 mamlakatida ishlab chiqariladi. Chirana brendi dunyoda eng mashhur oltita brenddan biri sanaladi. Apparatlarimiz boshqa kompaniya modellaridan farqli ravishda bir bosqichli emas, uch bosqichli ventilyatsiyani amalga oshiradi. Bunday apparatlar ishlab chiqaruvchi zavodning O‘zbekistonda barpo etilishi davlatning tibbiy xavfsizligini ta’minlaydi», – deydi Chirana+ kompaniyasining bosh direktori Vasiliy Shimko.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati
Qayd etilishicha, koronavirus tufayli mamlakatdagi mavjud vaziyat va bemorlar uchun sun’iy nafas oldirish apparatlari va shaxsiy himoya vositalari uchun sarflanadigan ehtiyojni hisobga olgan holda mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonga 1 000 dona nafas olish konturlari, 500 dona namlik kollektor bilan nafas olish konturlari va 1 000 dona bir martali bakterial-virusli filtrlarni beg‘araz foydalanish uchun topshiriladi.

Hozirda shu ishlarni amalga oshirish maqsadida Chirana Asia Slovakiya—Rossiya—O‘zbekiston qo‘shma korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, kompaniya «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» (Made in Uzbekistan) yorlig‘i ostida mamlakatda yagona yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Bunday ishlab chiqarish O‘rta Osiyoda birinchi marta amalga oshiriladi, bu esa tibbiyot sanoatida import o‘rnini bosish jarayonini jadallashtiradi.

Bundan tashqari, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va xizmat ko‘rsatish markazi yaratilib, sun’iy nafas oldirish apparatlari va NDA (narkoz-nafas olish apparati) qurilmalari uchun noyob, mobil va zamonaviy servis xizmati tashkil etiladi. Anesteziologiya sohasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislar taklif qilingan holda sun’iy nafas oldirish apparatlari va NDA qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, shuningdek, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonda sotish rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli hozirda butun dunyoda sun’iy nafas oldirish apparatlarining taqchilligi kuzatilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 80
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 63
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 41
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 92
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 78
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 6
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 107
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 16
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 45
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 69
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 47
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 120
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 45
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 200
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 87
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 189
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 68
  • Bo‘limlar