“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 06:38
ЎЗO‘Z

Iqlim koronavirusning tarqalishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

05 apr, 13:31 3 934 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iqlim koronavirusning tarqalishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Issiq ob-havo koronavirus pandemiyasini to‘xtata oladimi, degan savol hozirda ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Dunyonig ilmiy doiralari vakillari iqimning koronavirusning tarqalishiga ehtimoliy ta’siri to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirmoqdalar, va ushbu bahoni biologlar, virusologlar beradilar. Biz mavzu yuzasidan hozirgi vaqtgacha matbuotda e’lon qilingan matariallar asosida qisqa ma’lumot tayyorladik.

Xitoy va keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlaridan avval noma’lum bo‘lgan SOVID-19 virusli kasallligi to‘g‘risida xavotirli ma’lumotlar kelishi bilan biologiya, virusologiya va boshqa turdosh sohalarning ko‘pgina ekspertlari issiq mavsum kelishi bilan pandemiyaning tarqalishi to‘xtaydi, deb aytdilar.

Bunda ular ko‘pchilik virusli kasalliklar, masalan grippning avjiga chiqadigan vaqti sovuq qish oylariga to‘g‘ri kelishiga ishora qildilar. Undan tashqari, kasallikning eng ko‘p tarqalish holatlari sovuq iqlimli mintaqalarda kuzatildi, shu bois ham yoz kelsa pandemiya to‘xtaydi degan umid paydo bo‘ldi.

Biroq ko‘pgina ekspertlar yozgi harorat virusni o‘ldirishiga ishonch bog‘lash kerak emas deb ogohlantirmoqdalar. Darhaqiqat, oxirgi haftalarning voqealari infeksiyaning, shu jumladan harorat ancha yuqori issiq iqlimli mamlakatlarda ham tarqalayotgani issiq kelishi bilan virus o‘z-o‘zidan nobud bo‘lishiga qilinayotgan umidning oqlanmayotganini ko‘rsatdi.

Masalan, Rossiya Federatsiyasi Gidrometsentri rahbari Roman Vilfand iqlimning koronavirus tarqalishiga bevosita ta’siri yo‘q, deb ma’lum qildi. «Tailandda harorat 30 daraja atrofida, biroq u yerda koronavirus ham, u bilan jiddiy kurashish choralari ham bor. Yaqin Sharqda, Turkiyada, Isroilda, Suriyada harorat 25 daraja atrofida bo‘lishiga qaramasdan koronavirus jadal tarqalmoqda. Men virus ob-havoga bog‘liqligiga uncha ishonmayman», — dedi u.

SOVID-19 ni (hozirda u rasman SARS-CoV-2 deb atalmoqda) o‘rganish va virusga qarshi vaksina ishlab chiqish bugungi kunda dunyo olimlari va ilmiy tadqiqotchilar oldida turgan eng dolzarb vazifaga aylandi.

Bir necha kun avval VVS jahonning yetakchi ilmiy muassasalarining hali rasman e’lon qilinmagan ilmiy tadqiqotlari dastlabki natijalarini umumlashtirib maqola e’lon qildi. Biroq bu natijalar ob-havo pandemiya tarqalishini to‘xtatishga yordam berishi to‘g‘risidagi savolga aniq javob bermadi.

SOVID-19 virusi tadqiqotchilar uchun juda yangi. Hali olimlar qo‘lida yoz kelishi bilan virusning faolligi kamayishini tasdiqlovchi statistik ma’lumotlar yo‘q.

Hozircha ko‘pchilik olimlar boshqa koronavirus turlariga o‘xshab SOVID-19 ham yozda qishga nisbatan kamroq tarqalishi, chunki inson organizmidan tashqarida u yuqori haroratlarda tezroq nobud bo‘lishini kutishga asos bor degan fikrga kelmoqdalar. Biroq pandemiya tarqalishining oldini olish uchun bu omilning o‘zi yetarli emas.

Tadqiqotchilarning fikricha, hozirgi vaqtda ko‘pchilik mamlakatlar hukumatlari tomonidan odamlar harakatlarini cheklash, izolyatsiya rejimini joriy etish, dezinfeksiyalash tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan mislsiz choralar hamda iqlimiy sharoitlarning ehtimoliy ta’siri kasallikka qarshi kurashda vaqtdan yutishga yordam beradi.

Jahonning eng nufuzli epidemiologlaridan biri Larri Brilliant qo‘shimcha vaqt olimlarga vaksina ishlab chiqishga imkon berishi to‘g‘risida fikr bildirdi. O‘shanda vaksina koronavirus infeksiyasidan sog‘ayib ketganlar immuniteti bilan birgalikda sayyoramiz aholisi xavfsizligini ta’minlashi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 65
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 155
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Bo‘limlar