“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 13:15
ЎЗO‘Z

Tramp OPЕKni noqonuniy tuzilma deb atadi

05 apr, 11:26 1 910 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp OPЕKni noqonuniy tuzilma deb atadi Foto: Leonhard Foeger / Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp OPЕKni monopoliya deb atash mumkinligii va u AQSHga nisbatan adolatsiz munosabatda ekanligini aytdi. U, shuningdek, Rossiya va Saudiya Arabistoni nefti uchun boj kiritilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Trampning ta’kidlashicha, neft eksportchi davlatlarining OPЕK tashkiloti o‘z-o‘zini yo‘q qilayotgan noqonuniy tuzilmadir. U bunday fikrni Oq uydagi brifingda aytib o‘tdi.

Men butun umrim davomida OPЕKga qarshi chiqib kelganman, chunki u nima o‘zi? Bu kartel yoki monopoliya deb atash mumkin bo‘lgan noqonuniy tuzilmadir”, deb aytgan Tramp. Uning ta’kidlashicha, OPЕK AQSHga adolatsiz munosabatda bo‘lmoqda.

Tramp AQSHdagi minglab, o‘n minglab ish o‘rinlarini himoyalash uchun import qilinuvchi neftga bojlar kiritishga tayyorligini aytgan. “Agar boj kiritishimiz kerak bo‘lsa, men buni qilaman”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.

U, shuningdek, Saudiya Arabistoni bilan muzokaralar o‘tkazganini va podshohlik Rossiya bilan neftni qisqartirish bo‘yicha bitim tuzishiga umid qilishini aytgan. Trampning aytishicha, buning natijasida neft qazib olish hajmi kuniga 10 mln barrelgacha yoki undan ham ko‘proqqa qisqarishi mumkin.

Avvalroq Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni neft olish hajmini oshirgani sababli neft suvdan ham arzonroqqa aylanganini, bu esa eng rivojlangan davlatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytgan.

Bu orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin 3 aprelda neft olish hajmini boshqa davlatlar bilan hamkorlikda qisqartirishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Neft bozori neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha OPЕK+ kelishuvini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangandan keyin mart boshida qulagandi. Buning natijasida neft narxi 30 foizga tushib ketgan, uning ortidan butun dunyo bo‘ylab fond birjalari qulagan.

Bitim muvaffaqiyatsizlikka uchragach Saudiya Arabistoni neft olish hajmini ko‘paytirishi, Yevropaga uni yetkazish hajmini oshirishi hamda xaridorlarga katta chegirmalar berishini ma’lum qilgan. Rossiya kompaniyalari bunga neft olish hajmini oshirish bilan javob berishlari ma’lum qilingan.

Biroq aprel boshida Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Rossiya neft olish hajmini oshirmoqchi emasligini ma’lum qilgan.

Natijada OPЕK+ davlatlari (OPЕKga kiruvchi va unga kirmaydigan davlatlar) neft olish hajmini kamaytirish bo‘yicha navbatdan tashqari uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishgan. Uchrashuv 8 yoki 9 aprelda o‘tishi kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 0
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 256
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 130
  • So'nggi yangiliklar
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 1
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 0
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 1
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 39
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 256
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 130
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • Bo‘limlar