“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:09
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondan kasallik ko‘tarilishini so‘rab Baytullohda duo qilindi (video)

05 apr, 10:21 3 475 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondan kasallik ko‘tarilishini so‘rab Baytullohda duo qilindi (video) O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Haj” va “Umra” safarlari bo‘yicha Saudiya Arabistonidagi hamkor “al-Hidoya” shirkati vakillari Makkai mukarramadagi Harami sharifda insoniyat boshiga kelgan bu xastalikni daf bo‘lishini so‘rab, Haq taologa yolvorib quyidagi duo o‘qidilar:

– Ey Alloh, biz nuqsonga yo‘l qo‘yganlarmiz, Sen esa Karimsan. Biz gunohkorlarmiz, Sen esa Halimsan. Biz Senga muhtojmiz, Sen esa bizdan Behojat Zotsan. Sen Poksan.

Ey Alloh, afving bilan xatolarimizni kechirgin. G‘azabing ila bizni azoblamagin.

Ey Alloh, bizni rahmatingga olgin. Zero, Sen biz bandalaringa Rahmlisan. Ey olamlarning Robbi, bizni azoblamagin. Vaholanki, Sen bizni azoblashga Qodirsan.

Ey Alloh, agar ushbu vabo bizning sodir etgan gunohlarimiz, xatolarimiz yoki qilgan zulmlarimiz, ado etmagan farzlarimiz, o‘qimagan nafllarimiz, yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimiz, nomahramga qarab qo‘yganimiz sababli kelgan bo‘lsa, biz hamma gunohlarimizdan Senga tavba qiluvchilarmiz, ey Robbimiz. Bizning tavbalarimizni qabul aylagin va O‘zingga go‘zal holatda qaytargin, ey Robb. Jonimizni, Sen bizdan rozi bo‘lib turganingda olgin, ey Rohman.

Ey Alloh, ey biror narsaga "Bo‘l!" deb, o‘sha ishni bo‘ldiruvchi Zot, LAA ILAAHA ILLALLOH kalimasi, Sening barcha go‘zal ismlaring va ularning azamati hurmatidan O‘zingning kuch-quvvating, qudrating ila sharafli Ka’baga, Haram Uyingga va Nabiyying sollallohu alayhi vasallamning masjidlariga ziyoratchiyu umrachilarni qaytargin!

Ey Alloh, vaboni, baloni va barcha kasalliklarni xossatan ikki pokiza, haram shahardan va ommatan barcha musulmonlarning mamlakatlaridan ko‘targin, ey olamlarning Robbi!

Ey Alloh Ikki Haram xodimi podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va u zotning ishonchli valiahdi amir Muhammad bin Salmonni o‘z panohingda asra, ularni Ikki Haram xizmatida bardavom ayla, bu xizmatlarini yaxshi amallari daftariga yozgin, ey olamlar Parvardigori!

Ey Alloh, O‘zing O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va u kishining atrofidagilarga, shuningdek, mamlakat muftiysiga, xalqiga va hoji-umrachilarga qilayotgan xizmatlariga muvaffaqiyat ato etgin!

Ey Alloh, “Hidoya” xalqaro shirkati mutasaddilariga, jumladan, maslahatchi Shayx Solih Bahvayniy va birodari Usoma Toshkandiyning O‘zingning mehmonlaring va umrachilar xizmatidagi samarali faoliyatlariga muvaffaqiyat ato etgin! Ey Alloh, ularning xayrli amallarini dargohingda qabul aylagin!

Ey Alloh, Nabiyyimiz, Habibimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga dunyoyu oxiratda salavot-salom va barakotlaringni nozil qilgin!

Ey Alloh, biz ushbu duoni qildik, ijobat etish Sendandir. Biz harakat qilib, sabablarni ushlaymiz va O‘zingga tavakkul etamiz. Oxirgi duoimiz olamlarning Robbi Allohga hamd bo‘lsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 234
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 54
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 150
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar