“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 11:01
ЎЗO‘Z

Propiskaga oid yangi loyiha muhokama uchun e’lon qilindi

05 apr, 07:47 2 812 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Propiskaga oid yangi loyiha muhokama uchun e’lon qilindi Prezident Shavkat Mirziyoyev propiska tizimini soddalashtirish kerakligini gapirgan hamda Farmon asosida belgilab bergan edi.
Ammo ma’lum muddat o‘tib e’lon qilingan loyiha ayrim jihatlari bilan propiskani soddalashtirish emas, balki aksincha og‘irlashtirishga qaratilganini tanqid qilib chiqqan edik.

Bugun propiskaga oid yangi loyiha e’lon qilindi va bu oldingisiga qaraganda yer bilan osmoncha farqi bor. Albatta xalq uchun yaxshi tomonga.

Xo‘sh nimalar o‘zgarishi mumkin?
- «propiska» tushunchasi bekor bo‘lib, o‘rniga «ro‘yxatdan o‘tkazish» tushunchasi kiritilmoqda;
- ko‘p bora biz alam bilan tilga olgan qoida, ya’ni Toshkentdan uy sotib olayotganda propiskasiz shaxslarga davlat bojining o‘ta qimmat stavkasini to‘lash haqidagi talablar bekor qilinmoqda;
- birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarni nafaqat o‘zi doimiy ro‘yxatda bo‘lgan manzilga, balki egaligidagi boshqa uy-joyga ham doimiy ro‘yxatga qo‘yish huquqi nazarda tutilmoqda;
- er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yo‘qotilishi haqidagi qoidalar chiqarib tashlanmoqda;
- ilgari Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatga ega bo‘lgan fuqarolar qaytib kelganda, ular ushbu hududlarda hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz qayta doimiy ro‘yxatga olinishi mumkin bo‘ladi;
- oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga turish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
- ❗️MANA BU HAM JUDA MUHIM! Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish muddati uy-joy egasining roziligi asosida 1 yildan 5 yilgacha uzaytirilmoqda;
- fuqarolarni Toshkent shahri va viloyatida doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddati 10 kundan 15 kunga o‘zgartirilmoqda;
- doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish fuqaroning xohishiga ko‘ra ichki ishlar organlari (1), davlat xizmatlari markazlari (2) yoki Yagona portal (3) orqali amalga oshiriladi hamda uning muddati 3 kundan 1 kunga qisqartiriladi;
- doimiy ro‘yxatni rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga shtamp bosish amaliyotidan voz kechish va buni raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda;
- doimiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishda avvalgi yashash joyidan mustaqil ro‘yxatdan chiqish tartibi hamda harbiy xizmatga majburlarning doimiy ro‘yxatga turishdan oldin va keyin harbiy hisob uchun mudofaa bo‘limlariga borish tartibi bekor qilinmoqda.
Muhokama joriy yil 11 aprelga qadar davom etadi. Yana takliflar bo‘lsa bildirishingiz mumkin.

ESLATMA: hozircha bu takliflar loyiha ko‘rinishida xolos, rasman kuchga ega emas. Qonun hamda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingandan keyingina yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Xushnudbek Xudoyberdiyev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 98
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 212
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 54
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 0
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 0
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 1
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 17
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 97
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 41
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 67
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • Bo‘limlar