“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 15:06
ЎЗO‘Z

Xonanda Imron Ibrohim Tatlisasning qizi Dilanni duet aytishga qanday ko‘ndirdi? (video)

03 apr, 16:31 4 955 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xonanda Imron Ibrohim Tatlisasning qizi Dilanni duet aytishga qanday ko‘ndirdi? (video) Foto: «Daryo»
«Mavsum xitlari—2019» taqdirlash marosimida «Yomon qiz» qo‘shig‘i yilning eng yaxshi qo‘shig‘i va video klipi deb topilgan xonanda Imron turk estrada yulduzi Ibrohim Tatlisasning qizi Dilan Tatlisas bilan duet kuyladi.

Imron jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida Dilan Tatlisasni duet kuylashga qanday qilib ko‘ndirgani haqida gapirib berdi.

- Dilan Tatlisas bilan duet kuylash muammo bo‘lmadi. Dilanni topib, gaplashib qo‘shiqni yubordim. Qo‘shiqni eshitib yoqqanini aytdi va birgalikda kuylashga rozi bo‘ldi. Barcha xarajatlarni o‘zim ko‘targanman. Qo‘shiq to‘laligicha Istanbul shahrida yozilgan.

Ibrohim Tatlisas hozir umuman qo‘shiq aytmaydi. Agar qo‘shiq aytganida, duet kuylashga imkon bor edi. Bizda faqat bu ishning imkoni yo‘qdek gapirishadi.

Aslida mashhur turk xonandasi Ayla Chelik bilan duet qilaman deb rejalashtirgan edim, niyatim shu edi. Ayla bilan ko‘rishdik, bir piyola choy ustida gaplashdik. Shunaqa vaziyat bo‘ldiki, u gastrolga ketishi kerak edi, men esa uni 10-15 kun Istanbulda kutib tura olmasdim. O‘zbekistonda xizmatlarim bor edim. Shuningdek, Dilan Tatlisas bilan klip uchun ikki marta Istanbulga borishga majbur bo‘lganman.

Ayla Chelik qo‘shiq kuylashga rozi bo‘ldi. Hattoki qo‘shiqni turk, o‘zbek va fors tilida kuylash taklifini berdi. O‘zbekistonda ham uni tanishlarini xohladi.

Dilan Tatlisas bilan birgalikda kuylangan ‘Yolg‘iz qo‘ying’ qo‘shig‘i ustozimiz Dilorom Omonullayevani ijodiga mansubdir. Bu ikki tomonlama ijodiy ish bo‘ldi. Istanbulda bu qo‘shiq qayta yozildi. Ular bu qo‘shiqni turkcha ohangda kuylashni istashdi men esa aksincha, o‘zbekona ohangda kuyladim. Yaxshi ijodiy hamkorlik qilishga harakat qildik
, - deydi xonanda Imron.
View this post on Instagram

Aziz muhlislarim talab va iltimoslarizga binoan Ibrohim Tatlisesni qizi Dilan Tatlises bilan kuylagan duetimizni e’tiboringizga havola etamiz! Va nega Ibrohim Tatlises bilan emas qizi bilan duet kuylaganimizni kechro ma’lum qilamiz! #imron #tatlises #yolgizqoying #yomonqiz #toyboladi #yomonqiz2

A post shared by IMRON ➡️+998972895555 (@imronmusic_) on

Imron, Dilan Tatlisas, duet aytish




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi 27 mar, 13:05 143
  • «Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi 26 mar, 22:49 167
  • G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto) 22 mar, 18:18 1 290
  • Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film 21 mar, 11:10 74
  • Ravshan Komilov: “'X-faktor' ko‘rsatuvidan bir tiyin haq olganim yo‘q” 13 mar, 11:00 356
  • Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” 13 mar, 00:30 299
  • So'nggi yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Bo‘limlar