“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 13:10
ЎЗO‘Z

Koronavirus yuqtirgan X. ismli bemor beparvolik sabab o‘ta og‘ir ahvolga tushdi

03 apr, 12:23 4 006 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus yuqtirgan X. ismli bemor beparvolik sabab o‘ta og‘ir ahvolga tushdi Illustrativ foto
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ayrimlar vaziyat murakkablashib borayotganini hali to‘liq anglab yetmaganini qayd etdi:

– Mamlakatimizda 3 aprel soat 9:00 holatida koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 221 nafarni tashkil etdi. Hozirgina Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti rahbariyati bilan bo‘lgan suhbatda aniqlandiki, bemorlarning 17 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘irroq, deb baholanmoqda.

Vaziyat murakkablashib borayotganini hali to‘liq anglab yetmadik, chamasi. Hanuzgacha karantin tadbirlariga rioya qilmaslik, mantiqsiz, maqsadsiz ko‘chalarni kezib yurish, tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga amal qilmaslik holatlari uchrab turibdi. Ahamiyat bersangiz, hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining barchasi faqat koronavirusga oid ko‘rsatuvlar, lavhalar, roliklar beryapti. Nafaqat, tibbiyot xodimlari, balki boshqa barcha soha xodimlari koronavirus kasalligi profilaktikasi bo‘yicha nima ish qilishimiz kerakligi haqida qayta-qayta gapiryapti. Nazarimda, bu kabi targ‘ibotdan keyin kasallikning klinik belgilari, undan himoyalanish usullari yod bo‘lib ketishi kerak edi.

Ming afsuski, hanuzgacha kasallik klinik belgilari kuzatilsa-da, bunga beparvolik bilan qarab, tibbiyot xodimlariga murojaat qilmasdan, uzoq muddat uyda qolib ketib, ahvoli og‘irlashgandan keyin shifoxonaga murojaat qilayotganlar bor. Kuni kecha epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutiga X. ismli bemor olib kelingan. U olib kelinishi bilan darhol sun’iy nafas olish apparatiga ulashga ehtiyoj tug‘ildi. Ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholandi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: shu paytgacha, kasallik klinik belgilari paydo bo‘lganda tibbiyot xodimiga murojaat qilmasdan, tavakkal qilishga, e’tiborsiz bo‘lishga ushbu bemorni nima majbur qildi? U o‘z atrofidagilarni, yaqinlarini, oila a’zolarini, qo‘yingki keng jamoatchilikni xavf ostiga qo‘ydi. Mana shunday yo‘l tutish xiyonat ekanligini u anglab yetmadimi? Haliyam kech emas. Ko‘zimizni ochaylik, tibbiyot, ichki ishlar, milliy gvardiya, ommaviy axborot vositalari vakillari tavsiyalariga amal qilaylik!

Mamlakatimizda kasallik dastlab 15 mart kuni qayd etilgan bo‘lsa, mana 17 kunda kasallanganlar soni 221 nafarni tashkil etdi. Vaziyat jiddiy ekani har birimizni sergak torttirishi kerak. Tavakkal qilishga, o‘z salomatligimizni xavf ostiga qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Boshqalarni xavfga qo‘yish, boshqalarga kasallik yuqish ehtimolini yuzaga keltirish va respublikada vaziyat chigallashib ketishiga olib kelishga hech kimning haqqi yo‘q. Buni har kim yodida tutishi kerak. Iltimos, ushbu fikrlarni oila a’zolarinigizga, yaqinlaringizga imkon qadar yetkazing. Vaziyat murakkablashib ketgach, bu ishlarni qilishimizga ancha kech bo‘ladi.

Kuzatuvlardan ma’lum bo‘lyaptiki, bir odamdan 400 dan ortiq odamga kasallik yuqishi mumkin ekan. Tasavvur qiling: mana shu 221 bemor vaqtida alohidalanmaganda, odamlar orasida qolganida qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Ehtiyot bo‘ling, ongli ravishda yo‘l tuting, deydi Nurmat Otabekov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • So'nggi yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 0
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 94
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • Bo‘limlar