“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 13:42
ЎЗO‘Z

Trampning tviti neft bozorining «oyog‘ini osmondan qildi». Gap nimada?

03 apr, 09:48 2 409 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Trampning tviti neft bozorining «oyog‘ini osmondan qildi». Gap nimada? ALEXEI ANDRONOV/TASS
Payshanba kuni neft narxi savdolarda jiddiy o‘sa boshladi. Brent toifasidagi neft bir barreli uchun 30 dollardan oshdi. Bu narx kamida 20 foizga o‘sdi deganidir.

«Hozirgina do‘stim Muhammad bin Salmon bilan gaplashdim, Rossiya prezidenti Putin bilan ham. Umid qilaman, ular neft ishlab chiqarish hajmini kuniga 10 million barreldan kamaytirishadi, balki ko‘proqdir. Agar shunday bo‘lsa, neft bozori uchun juda yaxshi bo‘ladi», deb yozdi AQSH prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida.

Trampning bu posti birjalarda «qora oltin» narxi keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Brent turkumidagi neftning bir barreli narxi 46,7 foizgacha ko‘tarilib 36,29 dollarga yetdi. Bu vaqtinchalik holatmi? Neft bozorini qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

Nega Rossiya nefti qimmatlashmadi?
Brent 46 foizgacha qimmatlagach, keyin asta-sekin pastlashni boshladi. Hozir bu turdagi neftning 1 barreli 29,91 dollardan sotilmoqda. 34,86 foizgacha qimmatlab 27,39 dollarga ko‘tarilgan WTI turkumidagi neft keyinroq 25,04 dollardan sotila boshlandi. Ammo negadir Rossiyaning Urals markasidagi nefti narxi o‘zgarishsiz qoldi.

G‘arbiy Yevropa birjalardagi 1 aprel savdolarida Urals markasidagi bir barrel neft uchun 10,5 dollardan taklif qilinayotgandi. Brent narxi 40 foiz oshganidan keyin ham Urals narxi o‘zgarishsiz qoldi. Bu ajablanarli holat, chunki doim Brent ortidan Rossiya neftining narxi ham ko‘tarilardi.

Rossiya neftni rejadagidan 4 barobar arzon sotmoqda
Hozir Rossiya uchun neft qazib olish va uni xaridorga yetkazib berish zararga aylanib qoldi. Rossiyada neft qazib olish va uni xaridorga yetkazib berish xarajatlari uning narxi bir barrelga 15 dollar bo‘lganida ham o‘zini oqlamaydi. Neftchilar tili bilan aytganda, Urals hozir «salbiy eksport narxi»da sotilmoqda. Rossiya yil boshidagi budjet taqsimotida neftni kamida 42,4 dollardan sotishni mo‘ljallagan, ammo hozir to‘rt baravar kamiga sotishga majbur. Rossiya budjeti Urals markasidagi neftning bir barreli 15 dollarga tushganidayoq zarar ko‘ra boshlagan edi.

Bugun neft narxi arzonlashishining asosiy sababi dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishi davrida talabning keskin pasayishi hisoblanadi. Bunday paytda sodir bo‘ladigan har qanday kutilmagan holat narxlar keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Narxni esa talab va taklif erkin ko‘rinadigan xomashyo birjalaridagi xaridor belgilaydi.

Bozor ishtirokchilari – mamlakatlar va kompaniyalar ma’lum bir miqdordagi neftni yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro fyuchers shartnomalarini tuzadi. Fyuchers shartnomasini tuzish kamdan-kam hollarda neftni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishga olib keladi: tomonlar faqat narx va shartnomani bajarish sanasini kelishib oladi.

Mahsulotning boshqa parametrlari – miqdori, sifati, uni yetkazib berish muddati oldindan ma’lum. Ya’ni, xaridorlar hozirgi vaqtda faqat narx bo‘yicha savdolashmoqda, mahsulotni yetkazib berish odatdagi yo‘nalishi bo‘yicha davom etadi.

2 aprel kuni OPEC va unga a’zo bo‘lmagan davlatlarning qo‘shma yig‘ilishida neft qazib olish hajmini qisqartirish haqida bitim imzolangach, dunyo birjalarida neft narxi sezilarli oshdi. Trampning bayonoti esa jarayonni tezlashtirib yubordi.

Eng katta narx o‘sishi Brent markasida kuzatildi va uning narxi 1 apreldagi narxga qaraganda 46 foiz o‘sdi. Bu sarmoyadorlar «og‘zaki aralashuv» deb ataydigan harakatlar ta’siri ostida ro‘y berdi.

Freedom Finance tahlilchisi Yevgeniy Mironyuk neft narxi ko‘tarilganini shunday izohladi: «Birinchidan, Rossiya «ORЕS+» qo‘shma guruhini tark etganidan keyin neft qazib olish hajmini ko‘paytirmaslikka qaror qildi. Ikkinchidan, Xitoy har doim bozorda narx tushib ketsa, qo‘shimcha zaxiralar uchun arzonroq neft sotib olishga kirishadi. Uchinchidan, AQSH Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish niyatida edi, amalda shunday bo‘ldi ham.

Bundan tashqari, Brent narxining ko‘tarilishiga Donald Trampning 2 aprelda neftchilar bilan rejalashtirilgan uchrashuvini kutish ham ta’sir qildi. Unda AQSH prezidenti neft sanoatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni e’lon qilishi taxmin qilingan edi», deb vaziyatni tushuntirdi tahlilchi.

Nima uchun Brent narxi sezilarli ko‘tarilganda Rossiyaning Urals markasidagi neft narxi o‘zgarishsiz qoldi? Gap shundaki, Brent tasodifan neft bozorining etaloni bo‘lib qolmagan. Neftning bir necha markalari mavjudligi sabab boshqa markalarning narxi ma’lum nisbatlarda standartlarning narxiga moslashtiriladi. Masalan, Urals odatda Brent’dan 4-5 dollar arzon yuradi va bu narxlar chegirmasi deb ataladi.

Yana bir iqtisodiy tahlilchi Anton Pokatovich neft narxlari haqida quyidagi fikrda: «Urals neftining narxi Brent’dan farqli o‘laroq neft bozoridagi haqiqiy vaziyatni baholash uchun ko‘proq mos keladi. Neft bozorida ta’minotga shay turgan katta zaxira shakllangani uchun Urals brendi kotirovkalarining salbiy dinamikasini ko‘ryapmiz.

Urals narxlarining tiklanishini talab bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yaxshilanishni boshlaganda yoki eksport qiluvchilar neft qazib olishni sezilarli darajada qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishgandan keyingina ko‘ramiz». Ya’ni, tahlilchining fikricha, Urals bozordagi asl holatni ko‘rsatadi va uning narxi kimningdir og‘zaki gapi sabab emas, aniq shartnomalar imzolangach o‘zgaradi.

«Neft bozoridagi bunday salbiy narx sharoitida, bizning hisob-kitoblarimiz bo‘yicha budjet taqchilligi Rossiya yalpi ichki mahsulot hajmining 2,5-3 foizini tashkil qilishi mumkin. Bu yil neft va gaz daromadlari 30-40 foizga kamayadi. Neft narxi arzonlashishi Rossiya neftni qayta ishlash sanoatiga bosimni yanada oshiradi: neft kompaniyalari budjetga to‘lovlarni ko‘paytiradi. Benzin narxlari esa «qo‘lbola boshqaruv» bilan tartibga solinadi. Ehtimol, hukumat iste’molchilar uchun narxlar oshib ketmasligini o‘ylab neft sohasi ishchilariga yordamni kuchaytiradi», deydi Pokatovich neft narxining Rossiya ichki bozoriga ta’siri haqida.

Pokatovichning fikricha, Rossiyada neft narxlarini nazorat qiladigan rubl kursi aprel oyida bir dollar uchun 77-81 rubl atrofida bo‘lib turadi. Bu esa Rossiya iqtisodiyoti uchun juda yomon.

Rossiya va Saudiya qazib olishni kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishmagan
Trampning gapidan so‘ng ko‘pchilik Rossiya va Saudiya neft qazib olish kunlik hajmini 10 million barrelgacha qisqartirishi haqida kelishuvga erishadi deb o‘ylagandi, ammo hozircha bunday bo‘lgani yo‘q. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan Putin bu borada Saudiya valiahd shahzodasi bilan gaplashgani yoki yo‘qligi haqida so‘rashdi: «Yo‘q, bunday suhbat bo‘lmadi», dedi Peskov qisqagina qilib.

Neft nega qimmatlashgandi?
Neft fevral oyi oxirida qimmatlashni boshladi. Masalan, 20 fevral kuni birjada 1 barrel Brent 50 dollardan sotilayotgandi. Mart oyi oxirida esa bu turdagi neft narxi 22 dollargacha tushib ketdi. Rossiya nefti 10 dollargacha arzonladi.

Bunga asosiy sabab, shubhasiz, koronavirus pandemiyasi bo‘ldi. Butun dunyoda sanoatning deyarli to‘xtab qolgani neftga ehtiyojni kamaytirdi. Xitoyning o‘zi neft bozoridagi juda katta xomashyoni sotib olardi. Yanvardanoq «yopilishni boshlagan» Xitoy bozorni vaqtincha tark etgani narxlarga tabiiy ravishda ta’sir qildi.

Neft narxining pasayishiga yana bir sabab (balki asosiydir) Rossiya va Saudiyaning qaysarlarcha harakat qilib kelisha olmagani bo‘ldi. ORЕS yig‘ilishida Saudiya neft ishlab chiqarish hajmini kamaytirishni, shu bilan bozordagi narxni stabil ushlab turishni taklif qildi. Tashkilot ishtirokchilari bunga rozi bo‘lishdi, lekin Saudiya ORЕS a’zosi bo‘lmagan boshqa yirik ishlab chiqaruvchi Rossiya bilan kelisha olmadi.

Rossiya neft ishlab chiqarishni kamaytirish taklifini qabul qilmadi. Bunga javoban Saudiya Rossiyaga keskin zarba yo‘lladi va mijozlariga chegirmalar asosida neft sotishni boshladi. Oqibatda neft bozorida xomashyo haddan tashqari ko‘payib ketdi va bu narx pasayishiga olib keldi. Saudiya endi o‘zining zarari ko‘ziga ko‘rinmay neft qazib olish hajmini ko‘paytirishda davom etdi. Xuddi 1986 yilda bo‘lgani kabi...

O‘shanda ham Saudiya avvaliga neft qazib olishni kamaytirishni taklif qilgan, SSSR ko‘nmagan, keyin Saudiya ishlab chiqarishni keskin oshirib, sobiq ittifoq iqtisodiyotini izdan chiqargandi. Oxir-oqibat neft 10 dollargacha arzonlab, ko‘p o‘tmay ittifoq parchalangandi.

Rossiya AQSHga zarba bermoqchimi?
Financial Times nashrining taxminicha, Rossiya qaysarlarcha neft qazib olish hajmini kamaytirmaslik orqali AQSH neft kompaniyalariga zarba berishga qaror qilgan. Bu gapda ham jon bor, chunki AQSHda neft arzonlashidan allaqachon ilk qurbon bor: Whiting Petroleum Corp kompaniyasi bankrot bo‘ldi.

Reuters’ning yozishicha, AQSHdagi ko‘plab neft korxonalari moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Bloomberg esa bankrotlik AQSHdagi 70 foiz neftga bog‘lik korxonalarning boshiga tushishi mumkinligini taxmin qilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 290
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 186
  • So'nggi yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 0
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 83
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 40
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 234
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bo‘limlar