“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 21:05
ЎЗO‘Z

SHHT davlatlari koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha umumiy hujjat qabul qiladi

03 apr, 01:18 2 551 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
SHHT davlatlari koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha umumiy hujjat qabul qiladi Foto: Olga Balashova
Shanhay hamkorlik tashkiloti davlatlari koronavirusga qarshi kurashish choralari bo‘yicha umumiy hujjat qabul qiladi.
Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

SHHTga a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislarining videoanjuman rejimida yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, unda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Pokiston (Hindistondan tashqari) vakillari ishtirok etgan.

Yig‘ilish SHHT davlatlarining koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq holda amalga oshirayotgan xatti-harakatlari muhokamasiga bag‘ishlangan.

Ishtirokchilar SHHT davlatlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ma’lumot berishgan va 8 davlatning koronavirus tarqalishi yo‘llarini yaxshiroq tushunishga erishish va virusning yanada tarqalishi oldini olish bo‘yicha choralarni mukammallashtirishdagi amaliy tajribasi borasida ma’lumot almashishgan.

Yig‘ilishda SHHT davlatlari tomonidan koronavirus tarqalishiga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha umumiy hujjat shakllantirishga qaror qilingan. Bu koronavirusga qarshi kurashda eng samarali amaliyot va ijobiy tajribalarni jamlash maqsadida amalga oshiriladi.

Yig‘ilish ishtirokchilari koronavirus tarqalishini bartaraf etish bo‘yicha muhokama qilingan choralarni SHHT davlatlari sog‘liqni saqlash vazirlari yig‘ilishi darajasiga olib chiqish zarurligini ma’qullashgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bo‘limlar