“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 14:06
ЎЗO‘Z

Lukashenko: global o‘yinchilar koronavirusdan dunyoni urushsiz bo‘lib olishda foydalanishi mumkin

02 apr, 19:03 2 891 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lukashenko: global o‘yinchilar koronavirusdan dunyoni urushsiz bo‘lib olishda foydalanishi mumkin Foto: Mixail Klimentev/TASS
Aleksandr Lukashenko Belarus koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha jamoatchilikka haqqoniy ma’lumotlar taqdim etayotganini bildirdi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko global o‘yinchilar koronavirusdan dunyoni urushsiz bo‘lib olishda foydalanishi mumkin, deb hisoblaydi. U bu haqda "Mir" teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun ko‘pchilik asosiy savol ustida bosh qotirmoqda: koronavirus pandemiyasidan so‘ng nima bo‘ladi.
"Emmanyuel Makron buni urush deb atadi, dunyoning eng kuchlilari koronavirus vasvasasi, infodemiya orqali dunyoni bo‘lib olishni xohlayotganga o‘xshamayaptimi?" – dedi Belarus prezidenti.

Lukashenko Belarus koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha jamoatchilikka haqqoniy ma’lumotlar taqdim etayotganini bildirdi.
"Belarus nimanidir yashiryapti va virus bo‘yicha ishlamayapti deb ayyuhannos solishmoqda. JSST o‘choqlar, nuqtalar bo‘yicha ishlashni tavsiya qilmoqda. Ya’ni agar o‘choqni ko‘rsak, unga tashlanyapmiz va bemorni ham, uning atrofidagilarni ham davolashni boshlayapmiz. Dunyoda hech kim bunday ishlamayapti. Ular front bo‘ylab ketishmoqda. Shaharni o‘rab olishyapti – chiqish ham, kirish ham yo‘q va hammani uylariga qamab qo‘yishdi", - dedi u.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra,Belarusda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 160dan ortiq holat qayd etilgan, 2 kishi vafot etgan.
Lukashenko, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 387
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 202
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 32
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 387
  • Bo‘limlar