“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 18:59
ЎЗO‘Z

Yirtiq shippak, singan oyna. Yana qanday buyumlarni uyda saqlamaslik kerak?

02 apr, 10:47 3 906 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yirtiq shippak, singan oyna. Yana qanday buyumlarni uyda saqlamaslik kerak? Foto: Zip UA
Uy, kishi asosiy vaqtini o‘tkazadigan joy hisoblanadi va undagi buyumlar kishi kayfiyatiga ta’sir qiladi. Xitoyning fenshuy falsafasiga ko‘​ra, uyda yomon energiya bo‘lmasligi uchun ayrim narsalarni saqlab bo‘lmaydi, deb yozadi Cosmopolitan'ga tayanib Daryo.

Yirtiq shippak
Avvalambor, yirtiq yoki eskirgan bo‘lganidan keyin nafaqat shippak, balki boshqa kiyim-kechakni ham saqlashda mantiq yo‘q. Fenshuy nuqtai nazaridan yirtiq shippakka vaqt o‘tishi bilan yomon energiyalar kelib o‘rnashib oladi. Fenshuy-menshuy qiziqtirmaydi meni degan taqdiringizda ham gigiyena va estetik jihatdan hech bo‘lmaganda bir yilda bir marotaba shippagingizni yangilab turing. Uy bekalari ayniqsa, kun bo‘yi uyda bo‘lganda kishi uy-yumushlaridan tashqari ko‘rinishi va kiyinishiga ham e’tibor berishni esdan chiqarmasligi kerak.

Singan oyna
Yaxshi bilasiz, singan darz ketgan buyumlarni uyda saqlab bo‘lmaydi, irimchi bo‘lmagan odam ham sifati va shakli buzilgan narsalarni uyda saqlashni joiz deb bilmasligi aniq. Cheti uchgan hech narsa qilmaydi deb ayab olib o‘tirmang, tashlab yuboring chunki, bolalar qo‘liga tushib, yomon holatlar keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan, yerto‘laga olib tushib qo‘yish yoki dachangizga olib borishni hayolingizga ham keltirmang.

Uchgan, darz ketgan idish-tovoq

Foto: Getty Images
Xitoyliklarda «idish darz ketdimi hamma narsa darz ketadi», ya’ni yurishmaydi qabilidagi maqol bor. Fenshuy falsafasida, uyda tinchlik va osoyishtalik bo‘lishi uchun ovqat qanday idishda tanavvul qilinishi muhim ahamiyatga ega, ular toza va butun holatda bo‘lishi kerak. Shunday ekan, oshxona buyumlaringizni ko‘zdan kechirib turishni, darz ketgan, cheti uchganlarni ajratib tashlab yuborishni unutmang.

Ishdan chiqqan texnika vositalari
Xitoy falsafasi sizni qiziqtirmagan taqdirda ham aytingchi, ishlamaydigan texnikadan ne foyda? Ayniqsa siz uni tuzattirmoqchi bo‘lgansiz-u, lekin baribir tuzalmagan bo‘lsa, o‘ylab ham o‘tirishning keragi yo‘q, darhol voz keching.

Eski narsalar

Foto: «Vesti UA»
Ishonchimiz komilki, barchaning shkafi yoki tumbasida ishlatilmaydigan buyumlar, kiyilmaydigan kiyimlar qalashib yotibdi. Hozirgi karantin aynan o‘sha buyumlardan qutilish uchun ayni muddao, siz shunchaki kiygingiz kelmagani uchun shkafda bir necha yildan beri osilib turgan palto yoki plash kimningdir yomg‘ir-qorli ob-havoda kuniga yarashi mumkinligini o‘ylab, zarurati bor insonlarga berib yuboring. Ham ko‘nglingiz xotirjam bo‘ladi, ham shkafingizda bo‘sh joy ko‘payadi.

Chirmashgan o‘simlik
Fenshuyga ko‘ra, bunday o‘simliklar insonning fikrlashiga xalaqit qiladi, chalkashtiradi, ayrim savollarga javob topishga qo‘ymaydi. Bunday turdagi o‘simlik uy bog‘i yoki hovlidan olib tashlanganidan keyin kishi diqqatini bir joyga jamlay olishi va muammolarga yechim topa olishiga ishonishadi.

Bo‘sh butilka va qog‘ozlar
Bu kabi buyumlar negativni chaqiradi, shuning uchun ular bo‘shaganidan keyin uzoq vaqt asrash kerak emas, deb ishonadi xitoyliklar. Eski gazetalar ham shular jumlasidan. Ularda o‘tib ketgan va negativ voqealar yoritilgan va ular uyning muhitiga ta’sir qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 95
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 255
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 136
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 156
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 130
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 0
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 14
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 35
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 80
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 29
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 59
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 89
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 122
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 58
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 75
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 56
  • Bo‘limlar