“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 12:51
ЎЗO‘Z

Stikersiz qo‘lga tushgan haydovchilarga qanday chora ko‘riladi?

02 apr, 08:47 2 886 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Stikersiz qo‘lga tushgan haydovchilarga qanday chora ko‘riladi? Adliya vaziri Ruslanbek Davletov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida maxsus ruxsatnomalarsiz harakatlanayotgan avtotransport egalarining javobgarligi haqidagi savolga javob berdi.

«Javobgarlik masalasi bo‘yicha bir narsani tushuntirishimiz kerak. Bugungi kunda bu haydovchilar ko‘chaga chiqqani uchun yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risida javobgarlikka tortilmaydi. Chunki ular yo‘l harakati qoidasini buzmayapti. Bu yerda karantin, epidemologiyaga qarshi kurashish qonunlari bilan bog‘liq javobgarlik bor.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha karantin qoidalarini buzish degan modda bilan javobgarlikka tortiladi. Unda belgilangan jarimalar juda yuqori. 4 million so‘mdan boshlanadi. Shuning uchun hammaga tavsiya va talab ham shundan iboratki, bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak
», – dedi Davletov.

Ma’lumot uchun, MJtKning 54-moddasiga asosan, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlar quyidagicha miqdorda jarimaga tortiladi:

fuqarolar – BHMning 20-30 baravari (4 460 000 – 6 690 000)
mansabdor shaxslar – 30-50 baravari (6 690 000 – 11 150 000)

Vazir Ruslanbek Davletov ruxsatnoma beriladigan alohida holatlarga ham to‘xtaldi.

«Maxsus komissiyaning bayonida aniq yozilgan. U yerda asosiy mezonlarga to‘g‘ri kelmaydigan, hayotiy zaruriyat bo‘ladigan holatlarda maxsus komissiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri topshirig‘iga asosan biz Adliya vazirligining o‘zida ham stikerlarni rasmiylashtirib beramiz.

Bu – alohida hollarda. Masalan, to‘qimachilik sanoati korxonalarida bugungi kunda niqob ishlab chiqarilyapti. Niqob ishlab chiqarilishini to‘xtatmaslik uchun Toshkent shahrida joylashgan bo‘lsa, birga ishlab, eng minimal ravishda xodimlarni ishdan olib borib, olib kelishda zarur bo‘lgan xizmat mashinalariga individual ravishda ruxsat beryapmiz.

Ana shunday holatlar uchun Adliya vazirligida bu shtabni tashkil qilganmiz
», – deydi Ruslanbek Davletov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 88
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 291
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 103
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 240
  • So'nggi yangiliklar
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 166
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 31
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 118
  • Bo‘limlar