“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:59
ЎЗO‘Z

Murojaatdan so‘ng: minglab fuqarolar stiker uchun bergan arizasini qaytarib oldi

02 apr, 07:43 3 289 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Murojaatdan so‘ng: minglab fuqarolar stiker uchun bergan arizasini qaytarib oldi Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev qing‘ir yo‘llar bilan maxsus ruxsatnoma olishga urinayotgan «uddaburon» shaxslarga murojaat bilan chiqqan edi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning ma’lum qilishicha, uning bu murojaati ortidan 9 mingga yaqin fuqaro stiker uchun arizasini qaytarib olgan.

«Kecha ijtimoiy tarmoqlarda agentlik rahbarining hissiyotli murojaatini tarqatdik. Shu murojaatimiz ham ta’sir qildi. Bugunning o‘zida 8900ta ariza ariza egalari tomonidan qaytarib olindi», – dedi Davletov 1 aprel kuni «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, DXA direktori o‘z murojaatida «dostavshik» sifatida BMW X7 va Mercedes kabi premium-klass avtomashinalarga ruxsat olishga ariza berayotgan «uddaburon, uchar» tadbirkorlarni insofga chaqirib, ular tufayli haqiqatan ham oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini yetkazib beruvchilar tegishli ruxsatnomasini o‘z vaqtida ololmayotganini aytgandi.

Ruslanbek Davletov
Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning aytishicha, maxsus ruxsatnoma uchun kuniga 20-30 mingtadan ariza kelib tushmoqda.
«Davlat xizmatlari markazlarida 14ta hudud va Toshkent shahrining 11ta tumanlarida shu xizmatlar ko‘rsatilyapti. 24 soat ishlash tizimiga o‘tdik. Bizga kelib tushayotgan arizalar soni [kuniga] kamida 20-30 mingta bo‘lyapti. Bugungi kunga kelib, 102 mingta ariza kelib tushdi», – deydi vazir.

Uning aytishicha, elektron tizim takomillashtirilgani natijasida 1,5 mingta ariza avtomatik tarzda rad etilgan.
«Elektron tizim shu darajada takomillashtirildiki, u tadbirkorlik sub’ektining kodlari to‘g‘ri kelmasa, avtomatik ravishda bekor qiladi. Bu degani bir kunda 20ta xodim qiladigan ishni tizimning o‘zi 5 daqiqada bajaryapti.
Kiritilgan arizalarning 1500tasi tizim yordamida avtomatik ravishda rad qilingan
», – dedi Davletov.

Adliya vaziri shaxsiy transportdan foydalanish cheklovi faqat poytaxt shaharlar va viloyat markazlariga taalluqli ekaniga urg‘u berdi.
«Davlat tilida e’lon qilingan xabar internet resurslarida ruschaga tarjima qilinganida noto‘g‘ri ma’noda chiqqanini ko‘rdik. Bir narsani aniq aytib qo‘yishimiz kerak: birinchidan, bu – Toshkent shahri, Nukus shahri, viloyat ma’muriyat markazlariga taalluqli.
Boshqa tuman, shaharlaridagi hududlarga umuman taalluqli emas
», – dedi Davletov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 89
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 204
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 160
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 193
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar