“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 14:09
ЎЗO‘Z

Johnson & Johnson koronavirusdan vaksinani 2021 yil yanvarda chiqarishni rejalashtirmoqda

02 apr, 06:23 2 862 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Johnson & Johnson koronavirusdan vaksinani 2021 yil yanvarda chiqarishni rejalashtirmoqda Foto: Getty Images
Sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri Johnson & Johnson koronavirusdan vaksina yaratishni tezlashtirishini e’lon qildi. Yangilangan jadvalga ko‘ra, vaksina odamlarda sentabrda sinala boshlanadi, uning natijalari yil oxirigacha o‘rganib chiqiladi.

Bu vaksinani 2021 yil boshidayoq qo‘llashni boshlashga imkon beradi. Avvalroq kompaniya klinik sinovlarni noyabrda boshlashni rejalashtirayotgandi.

Business Insider nashrining xabar berishicha, kompaniya vaksinani yaratish ustida yanvardan beri ishlamoqda. Kompaniya bilan Bet Israel Diakoniss tibbiyot markazi olimlari hamkorlik qilmoqda, Istiqbolli tadqiqotlar va ishlanmalar biotibbiyot boshqarmasi (BARDA) moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqda. Umumiy hisobda kompaniya vaksinani ishlab chiqishga 1 mlrd dollar kiritgan.

Johnson & Johnson vakillarining ta’kidlashicha, yangi vaksinani ishlab chiqish odatda 5-7 yil talab qiladi. So‘ngra mutasaddi idoralar vaksinani ma’qullashi jarayoni boshlanadi. Ammo koronavirus pandemiyasi kabi favqulodda vaziyatlarda tadqiqotlardan tortib vaksina ma’qullangungacha bo‘lgan butun jarayonni 2 yilgacha qisqartirish mumkin.

Kompaniya vaksinani sinashni boshlashi bilan birga keyingi yil boshida 1 mlrd doza vaksinani ishlab chiqara olish uchun o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishni boshlaydi. Kompaniyaning bundagi asosiy vazifasi – vaksina aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop bo‘lishi lozim.

Bu orada ba’zi tadqiqotchilar koronavirusdan ma’lum himoyani sildan emdori ta’minlashi mumkin, deb hisoblashmoqda. Bu shunday ekanligini Avstraliyada boshlanayotgan tajriba aniqlashga imkon beradi. Bu yerda 4 ming tibbiyotchi silga qarshi vaksina olib, bir necha haftadan keyin koronavirusga chalinganlar foizini va kasallik alomatlari og‘irligini baholashadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 81
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 63
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 41
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 94
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 78
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 51
  • So'nggi yangiliklar
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 3
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 17
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 148
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 85
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 19
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 40
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 342
  • Bo‘limlar