“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 13:15
ЎЗO‘Z

Sobiq «Setora» guruhi xonandalari Ravshan Yo‘ldoshev haqida: Sizni quchoqlab, hammasi uchun rahmat aytishga ulgurmadik

01 apr, 14:50 5 139 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sobiq «Setora» guruhi xonandalari Ravshan Yo‘ldoshev haqida: Sizni quchoqlab, hammasi uchun rahmat aytishga ulgurmadik Foto: Instagram / @leyli_setora
Sobiq «Setora» guruhi xonandalari Feruza, Komila va Laylo «Tarona rekords» kompaniyasi asoschisi, marhum Ravshan Yo‘ldoshevni xotirlab, Instagram’dagi sahifalarida arxiv suratlari bilan bo‘lishdi.

«Katta yo‘qotish. Bizga ishongan, bir necha yorqin loyihalarni yaratgan, O‘zbekiston shou-biznesi nufuzini dunyoga tanitgan inson hayotdan ko‘z yumdi.

Yoningizga borib, sizni quchoqlab, bizga ijodiy loyiha sifatida qilgan mehnatlaringiz uchun, bizning iste’dodimizga ishonganingiz uchun shaxsan minnatdorchilik bildira olmaganimdan afsusdaman. Biz har doim hamma intervyularda siz haqingizga gapirib, qadringizga yetardik, doim eslardik. Har doim bizni eshitishingiz va to‘g‘ri tushunishingizga ishonardik.

Lolaning oilasiga hamdardlik bildiraman. Bilaman, otangiz siz uchun, onangiz uchun hech narsaga qaramay doimo qadrli, hurmatli inson bo‘lgan. Oxiratlari obod bo‘lsin, siz doimo bizning ustozimiz bo‘lib qolaverasiz
», — deb yozdi sobiq «Setora» guruhi a’zosi Komila Xo‘jayeva.

Foto: Instagram / @leyli_setora
Ushbu postni guruhning boshqa a’zolari Laylo va Feruza ham o‘z sahifalariga joylashtirgan.

Ma’lumot uchun, «Tarona rekords» kompaniyasi loyihasi —«Setora» 1990 yillar oxirlari va 2000 yillar boshlarida o‘zbek estradasining eng mashhur guruhlaridan biri bo‘lgan. Guruhning «Yonma», «Sog‘inaman», «Xayr, maktabim», «Vafodoring», «Ey qahri qattiq», «Ajdodlar ruhi», «Sen borsan» va boshqa ko‘plab qo‘shiqlari haligacha sevib tinglanadi. Guruh nafaqat O‘zbekistonda, balki Qozog‘iston, Rossiya, Britaniya va boshqa xorij mamlakatlarda konsertlar bergan.

Keyinchalik «Setora» guruhi va «Tarona rekords» o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli guruh tarqalib ketgan. «Tarona rekords» guruhdan «Setora» nomini olib qo‘yib, boshqa tarkibda guruh tuzdi. Ammo ikkinchi tarkibning muvaffaqiyati birinchisinikidek bo‘lmadi.

«Tarona rekords» kompaniyasi asoschisi, Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, Lolaning otasi Ravshan Yo‘ldoshev 30 mart kuni yurak xuruji oqibatida olamdan o‘tdi. Marhum hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida sobiq rafiqasi, xonanda Shahzoda bo‘lgan.
Ravshan Yo‘ldoshev, Setora, Tarona rekords




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 191
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 284
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 84
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 141
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 91
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 1
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 0
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 1
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 39
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 256
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 130
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • Bo‘limlar