“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 18:29
ЎЗO‘Z

Ruxsatnomaning aslini olish uchun fuqarolar davlat xizmatlari markazlariga o‘z mashinasida borishlari mumkin

01 apr, 13:55 2 672 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ruxsatnomaning aslini olish uchun fuqarolar davlat xizmatlari markazlariga o‘z mashinasida borishlari mumkin Maxsus ruxsatnomani olish uchun my.gov.uz portalida onlayn ariza bergan fuqarolar ruxsatnomaning aslini olish uchun davlat xizmatlari markazlariga o‘zlarining shaxsiy mashinasida borishlari mumkin. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi direktori matbuot kotibi Sevara Zokirova AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Yangi tartibga ko‘ra, maxsus ruxsatnomani olish uchun onlayn shaklda my.gov.uz portali orqali so‘rovnoma to‘ldirilishi va belgilangan hujjatlar so‘rovnomaga ilova etilishi lozim.

So‘rovnoma belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin QR-kod qo‘yilgan ruxsatnoma yoki ruxsatnoma berish rad etilgani to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi. Xabarnoma olingandan keyin bir kun ichida Davlat xizmatlari markazidan ruxsatnomaning aslini olib ketish mumkin bo‘ladi.

Onlayn ariza to‘ldirgan fuqarolar ruxsatnomaning aslini olish uchun davlat xizmatlari markazlariga o‘zlarining shaxsiy mashinasida borishlari mumkin. Fuqarolarga yuborilgan ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi xabarnoma ariza beruvchining avtotransport vositasida Davlat xizmatlari markazigacha harakatlanishiga asos hisoblanadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat xizmatlari agentligi direktorining matbuot kotibi maxsus ruxsatnoma olish uchun onlayn ariza topshiri jarayonida kuzatilayotgan muammolar, xususan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ariza yuborish nima uchun qiyin kechayotganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Hurmatli fuqarolar, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ham bir tizim. Bir vaqtning o‘zida minglab odamlar murojaatni yuklaganda tizimga yuklama bo‘lishi tabiiy. Masalan, hozirga qadar mazkur tizim orqali 92 mingdan ortiq ariza kelib tushgan. Bularni ko‘rib chiqib, qayta ishlashga ham vaqt talab etiladi.

Shuningdek, elektron tarzda arizalarni yuborishda stiker berish toifalariga mos bo‘lmaganlar tomonidan arizalarni yuborishlari, fuqarolarimiz belgilangan hujjatlarni to‘liq taqdim etmaslik holatlari, ruxsat berish rad etilgan arizalar bo‘yicha yana qaytadan ariza yuborish holatlari tizimda yuklama bo‘lishiga va bir yuborilgan ariza yana qayta yuborilgan taqdirda qayta ishlanishiga ham olib kelmoqda. Bu muaammolarni hal qilish muayyan vaqtni talab etadi.

Barchasi ko‘rib chiqilib, tizimda siz yuborgan ariza bo‘yicha ruxsatnoma berilishi haqidagi xabarnoma shakllangandan keyingina Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishingizni iltimos qilamiz. Tushunishingizga umid qilamiz», deydi u.

U bugungi kunda davlat xizmatlari markazlari xodimlari kun-u tun dam olishsiz ishlayotgani, birgina Toshkent shahridagi davlat xizmatlari markazlarining 104 nafar xodimi aynan maxsus ruxsatnomalarni berish uchun faoliyat ko‘rsatayotganini qayd etib o‘tgan.

Mutaxassis maxsus ruxsatnoma uchun hech qanday to‘lov undirilmaydi. Agarda buning uchun to‘lov undirilsa yoki muayyan miqdorda pul talab qilinsa, Davlat xizmatlari agentligining 11-48 qisqa raqamli ishonch telefoniga yoxud Adliya vazirligining Telegram’dagi maxsus botiga murojaat qilish kerakligini ham eslatib o‘tdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 105
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 147
  • So'nggi yangiliklar
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 102
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 174
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 168
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 206
  • Bo‘limlar