“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 12:42
ЎЗO‘Z

DXA direktorining BMW X7 va Mercedes’larga ruxsat olishga ariza berayotgan «uddaburon»larga murojaati

31 mar, 18:35 3 250 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXA direktorining BMW X7 va Mercedes’larga ruxsat olishga ariza berayotgan «uddaburon»larga murojaati Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo To‘raxujayev karantin davrida oziq-ovqat savdosi va umumiy ovqatlanish korxonalarining yetkazib berish xizmatlari (“dostavka”) uchun avtotransportlarga maxsus ruxsatnoma olmoqchi bo‘layotgan ayrim shaxslarga murojaat bilan chiqdi.
“Dostavshik” sifatida BMW X7 va Mercedes kabi premium-klass avtomashinalarga ruxsat olishga ariza berayotgan hamda vijdoni yo‘q va afsuski, tadbirkor sha’niga katta dog‘ tushirayotgan “uddaburon, uchar” tadbirkorlarga.

Har yerda ruxsatnomalarni “sotish” haqida gapirilmoqda. Buning asosiy sababi nimada?”, deyiladi murojaatda.

To‘raxo‘jayevning ma’lum qilishicha, karantin davrida oziq-ovqat savdosi va umumiy ovqatlanish korxonalarining yetkazib berish xizmatlari uchun (kurerlik va “dostavka”) avtotransportlarga maxsus ruxsatnomalar olish uchun arizalar soni 30000 dan ortiqni tashkil etmoqda.

“E’tiborlisi, aynan mazkur korxonalar tomonidan “premium-klass“ avtotransport vositalariga, shu jumladan, BMW X7, Mercedes, Leksus, Hyundai, Captiva, Malibu-2, Tracker va shunga o‘xshash mashinalar uchun ham “kurerlik”ni amalga oshirish uchun arizalar yuborilmoqda.

Ushbu arizalarga ilova qilingan hujjatlarda mazkur toifadagi avtomashinalarning haydovchilari kurer sifatida rasmiylashtirilgan ish beruvchining buyrug‘ini taqdim qilmoqda.

Mamlakatimizda hukm surayotgan ushbu og‘ir kunlarda bunday ishlarni amalga oshirishga “uddaburon” tadbirkorlarimizning vijdonlari qanday qilib yo‘l qo‘ymoqda ekan?

Aynan ushbu “premium-klass” mashinalar egalari virus tarqatuvchi bo‘lib chiqsa-chi? Mayli, pul uchun hamma narsaga tayyor ekansiz, hech bo‘lmasa, yaqinlaringiz sog‘ligi haqida hech o‘ylab ko‘rdingizmi? Axir bu virus “domino” effekti orqali tarqaladi-ku?

“Premium-klass“ haydovchilari, ushbu mablag‘ni hozirgi sharoitda qiynalib qolgan ehtiyojmand oilalarga sarf etsangiz ruhiyatingiz yengil tortarmidi?

Maxsus ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tinmay mehnat qilmoqda. Bizda har bir hujjatning haqqoniyligiga alohida baho berish katta qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Bunga asosiy sabablardan biri siz bo‘lmoqdasiz!

Aynan sizdek “hurmatli”lar tufayli haqiqatan ham oziq-ovqat, dori-darmon, don mahsulotlarini yetkazib beruvchilar tegishli ruxsatnomasini o‘z vaqtida ololmayapti!

Balki sizda uyat, vijdon kabi his-tuyg‘ular kamroq, xudbinlik esa ko‘proqdir, lekin sizni jinoyat kodeksidagi javobgarlikning muqarrarligi prinsipi normalari ham qo‘rqita olmaydimi? Insoniylik his tuyg‘ulari ham shunday vaziyatda uyg‘onmaydimi?

Biroq bitta narsani aniq bilishingizni hohlaymiz, g‘arazli maqsadingiz yo‘lida hujjatlarni soxtalashtirishga jinoiy javobgarlik muqarrardir.

Qadrli fuqarolar! Insonligimizni unutmaylik. O‘zimizdan boshqalarni ham o‘ylaylik.
To‘g‘ri tushunganingiz uchun minnatdorman”, deyiladi murojaatda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 73
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 535
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 485
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 82
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 39
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 233
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Bo‘limlar