“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 01:31
ЎЗO‘Z

Klinikadagi bemorlardan biri shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi (video)

31 mar, 00:04 3 513 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Klinikadagi bemorlardan biri shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi (video) Videodan kadr
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati videomuloqot orqali Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlarning ahvoli, fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.

Bemorlardan biri shifokorlarning juda mas’uliyat bilan to‘g‘ri davolash muolajalarini olib borishayotganini e’tirof etib, kun sayin ahvoli yaxshilanib borayotganini bildirgan.

«Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash, ushbu infeksiya tarqalishining oldini olish borasida tezkor va qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Bunda tibbiyot xodimlarining fidoyiligi alohida ahamiyatga ega.

Jumladan, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Erkin Isakovich Musabayev rahbarligidagi tajribali jamoa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashda alohida faollik ko‘rsatishmoqda.

Ular Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida, ilg‘or mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, xalqaro standartlar bo‘yicha tezkor va sifatli davolash muolajalarini olib borishmoqda. Ushbu jarayonda tibbiyot xodimlari birdamlikda, bor mahorati va tajribasini ishga solgan holda mehnat qilishmoqda. Oilasi, yaqinlari, xalqimiz uchun ishda qolib, koronavirus infeksiyasini mag‘lub etish harakatida. Shu bilan birga, shirin muomalasi va daldasi bilan ham bemorlarga ruhiy madad bo‘lishmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 61
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 219
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 133
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 103
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 83
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 0
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 0
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 0
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 0
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 91
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 70
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 79
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 15
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 145
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 177
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 51
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 120
  • Bo‘limlar