“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:43
ЎЗO‘Z

OAV xodimlariga transport stikeri berilmasligi ma’lum qilindi

31 mar, 06:00 3 071 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OAV xodimlariga transport stikeri berilmasligi ma’lum qilindi Foto: Kun.uz
Avtotransportdan foydalanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma ommaviy axborot vositalari xodimlariga berilmaydi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatovga tayanib, Kun.uz nashri xabar bermoqda.

30 martdan boshlab, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida transport harakati cheklandi. Faqatgina maxsus ruxsatnoma – stiker asosida harakatlanish ma’lum toifa haydovchilargagina ruxsat beriladi.

Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatovga ko‘ra, OAV xodimlariga stiker berilishi nazarda tutilmagan.

«Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, ruxsatnomalar (stikerlar) faqat muayyan faoliyatlarni amalga oshirish uchun biriktirilgan avtotransport vositalariga taqdim etiladi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlarining avtomobillariga maxsus ruxsatnoma taqdim qilish ko‘zda tutilmagan», dedi u AOKA qoshidagi maxsus shtabda o‘tkazilgan brifingda.

Eslatib o‘tamiz, maxsus ruxsatnoma asosida avtomobilda harakatlanish imkoniga ega haydovchilar quyidagilar:

oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur tashkilotlarda doimiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari;

Sanitariya va gigiyena mahsulotlarini (koronavirus infeksiyasidan himoyalovchi va dezinfeksiya qiluvchi vositalar) ishlab chiqaruvchi va chakana savdo, dorixona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari;

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 276
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 158
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar