“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 08:54
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev koronavirusning salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar berish to‘g‘risidagi farmonni imzolaydi

30 mar, 21:06 6 366 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev koronavirusning salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar berish to‘g‘risidagi farmonni imzolaydi O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyevga «Koronavirus pandemiyasi davrida aholini, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon loyihasi yuzasidan axborot berildi.

Loyiha davlat rahbarining topshirig‘iga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF—5969-son «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Hujjat pandemiyaning mamlakat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar, preferensiyalar va boshqa muhim chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Prezident farmon loyihasiga yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlarini ko‘paytirish va narxlari oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, tadbirkorlik sub’ektlarining aylanma mablag‘lari kamayib ketishining oldini olish, ularga qo‘shimcha soliq imtiyozlari taqdim etish kabi bir qator aniq choralarni kiritish zarurligi haqida mas’ullarga topshiriq berdi.

Farmon loyihasini takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Koronavirus sababli zarar ko‘radigan sohalardagi korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, jismoniy shaxslar va YATTlarning kredit to‘lovlarini qaytarishida ham imtiyozlar beriladi.

Shavkat Mirziyoyev 19 mart va 26 mart kunlari koronavirus masalasida O‘zbekiston xalqiga murojaat qilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 166
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 218
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 258
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 56
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 154
  • So'nggi yangiliklar
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 111
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 331
  • Bo‘limlar