“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 19:34
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

30 mar, 21:06 3 923 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi 31 mart, seshanba kuni, Kaspiy dengizi janubi-g‘arbiy qismi ustidagi janubiy siklon O‘zbekiston hududiga siljib, bulutlilik ortadi va respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet». Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

1 aprel, chorshanba kuni, Kavkazdan sovuq antisiklon kirishi bilan mamlakat hududining katta qismida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning shimoliy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kunduzi harorat pasayib, 13-18 daraja iliqni tashkil qiladi.

2 aprel, payshanba kuni, tunda va ertalab Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo nobarqaror bo‘lib turadi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi harorat 5-10 daraja bo‘ladi, kunduzi biroz ko‘tarilib, 15-20 darajani tashkil qiladi.

3 aprel, juma kuni, respublikaning katta qismida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoliy tumanlarda, Qozog‘iston hududidan sovuq havo oqimi kirishi natijasida ayrim joylarda, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat mamlakatning katta qismida kechasi 7-12 daraja bo‘ladi, kunduzi 20-25 darajagacha ko‘tariladi, shimolda yomg‘ir yog‘ib, harorat 15-20 darajani tashkil qiladi.

4 aprel, shanba kuni, ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat avvalgidek saqlanib, shu kun uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan biroz yuqori bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 165
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 216
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 254
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 56
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 154
  • So'nggi yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 0
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 1
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 2
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 58
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Bo‘limlar