“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:34
ЎЗO‘Z

Koronavirus sababli o‘zbekistonliklar qaysi mahsulotlarni ko‘proq sotib olgani ma’lum qilindianiqlandi

30 mar, 20:27 3 799 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus sababli o‘zbekistonliklar qaysi mahsulotlarni ko‘proq sotib olgani ma’lum qilindianiqlandi O‘zbekistonda koronavirus aniqlangani haqidagi xabarlardan keyin mamlakat aholisi oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlarning zaxirasini to‘plashga kirishdi. «Gazeta.uz» nashri mamlakatdagi uchta supermarketlar tarmog‘ida qaysi mahsulotlarga talab oshganligini o‘rgandi. Talab oshgan asosiy mahsulotlar qatoridan grechka, bug‘doy uni, makaron mahsulotlari, guruch, o‘simlik yog‘i, hojatxona qog‘ozi o‘rin olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida va mamlakatning sakkizta viloyatida faoliyat olib boradigan «Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘ida 15—25 mart kunlari bir qator oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab 4—14 mart davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan.
Xususan, grechkaning savdosi 15—25 mart kunlari 187,2 foizga o‘sgan bo‘lsa, bug‘doy uniga bo‘lgan talab 164,6 foizga oshgan. Makaron mahsulotlari savdosi 131,3 foizga, guruch savdosi 117,5 foizga va kungaboqar yog‘ining savdosi 92,7 foizga o‘sgan. Hojatxona qog‘ozi talab eng yuqori bo‘lgan oltita mahsulot qatoridan o‘rin olgan, mazkur mahsulotga bo‘lgan talab 83,6 foizga ko‘paygan.

Toshkent shahrida va mamlakatning oltita viloyatida o‘z supermarketlariga ega bo‘lgan Makro tarmog‘ida ham oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshgani kuzatilgan.
Tarmoqda bug‘doy uniga bo‘lgan talab 184 foizga, grechkaga bo‘lgan talab 157 foizga oshgani kuzatilgan. Kartoshka savdosi 152 foizga, makaron mahsulotlari savdosi 143 foizga, kungaboqar yog‘ining savdosi 128 foizga o‘sgan. Hojatxona qog‘ozining savdosi 95 foizga oshgani qayd etilgan.

Faqat Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan Havas supermarketlar tarmog‘ida qog‘oz sochiqlar savdosi 324 foizga oshgan. Shuningdek, kashalar va dukkakli mahsulotlarga bo‘lgan talab 224 foizga, o‘simlik yog‘iga bo‘lgan talab 174 foizga o‘sgan. Qog‘oz salfetkalar va hojatxona qog‘ozlari savdosining mos ravishda 162 va 157 foizga oshgani qayd etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijonda elektr korxonasi muhandislari qo‘lga olindi 29 mar, 20:11 0
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 148
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar