“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 02:49
ЎЗO‘Z

Fuqarolar qoidalarga rioya qilmagani uchun ham qat’iy cheklovlar o‘rnatilmoqda

30 mar, 16:30 3 328 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fuqarolar qoidalarga rioya qilmagani uchun ham qat’iy cheklovlar o‘rnatilmoqda Foto: Kun.uz
IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov maxsus stikerlar bo‘yicha yuzaga kelayotgan noroziliklarga munosabat bildirdi. Uning ta’kidicha, bunday cheklovlarning o‘rnatilishiga fuqarolarning xatti-harakatlari sabab bo‘lmoqda.
Bugun, 30 mart kuni AOKA qoshidagi maxsus shtabda tashkil etilgan onlayn brifingda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov shaxsiy avtomobilda harakatlanishga cheklovlar qo‘yilayotganiga izoh berdi.

«Hukumat karantin qoidalari bo‘yicha cheklov e’lon qilishda, ayni vaqtda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadi.

Ya’ni fuqarolarga ko‘chaga chiqmaslik haqida juda ko‘p marotaba ogohlantirish berilishiga qaramasdan, ko‘pchilik bunga rioya etmadi. Shuning uchun hukumat qat’iy cheklovlarni kiritishga majbur bo‘ldi. Ayrim tushunmagan fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda salbiy munosabat bildirishmoqda
», – dedi G‘iyosov.

IIV matbuot kotibiga ko‘ra, avtomobillarga ruxsatnoma olishda ko‘pchilikka rad javobi berilmoqda. Shu munosabat bilan u O‘zbekistonning yirik shaharlarida avtomobilda harakatlanishga imkon beruvchi stiker kimlarga berilishini eslatib o‘tdi:

- oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning xizmat transporti va xodimlarining shaxsiy transporti;
- sanitariya va gigiyena mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va chakana savdo, dorixona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalari;
- Toshkent viloyati va Toshkent shahrida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari.
«Boshqa transport vositalariga stiker berilmaydi. Davlat xizmatlari markazlarida to‘planmang, u yerdagi xodimlar va o‘zingizning asabingizni buzmang», – dedi IIV rasmiysi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 87
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 44
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 231
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 235
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar