“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 19:59
ЎЗO‘Z

Shaxsiy avtomobillarda harakatlanishga 1 aprelgacha ruxsat berilgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

30 mar, 12:55 3 596 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shaxsiy avtomobillarda harakatlanishga 1 aprelgacha ruxsat berilgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi Shaxsiy avtomobilda 1 aprelgacha ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berilgani haqida tarqalgan xabarlar rasman rad etildi.
Toshkentdagi DXMlarda 1 aprel soat 6:00ga qadar shaxsiy avtomobilda ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berilishi haqida joylashtirilgan e’lon rasmiy asosga ega emasligi ma’lum qilindi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat xizmatlari markazlarida maxsus ruxsatnoma berish 1 aprelga qadar talab etilmasligi haqidagi e’lon joylashtirilganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Mazkur e’lon rasmiy asosga ega emas. Hozirda ushbu e’lon Markazlardan olib tashlangan.

Sohaga oid o‘zgarish mavjud bo‘lgan taqdirda, bu haqida ma’lumot rasmiy sahifalarimizga joylashtiriladi», deyiladi Davlat xizmatlari agentligi rasmiy sahifasida.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati shaxsiy avtomobillarda harakatlanish bo‘yicha avval e’lon qilingan tartibga doir hech qanday o‘zgarish bo‘lmagani, maxsus stiker (ruxsatnoma)siz harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilari 30 mart soat 6:00 dan boshlab ma’muriy javobgarlikka tortilayotganini ma’lum qildi.

30 mart kuni Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Xalq qabulxonalarida 1 aprel soat 6:00 ga qadar shaxsiy avtomobilda maxsus stiker (ruxsatnomasiz) harakatlanishga ruxsat berilgani haqida e’lonlar paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar yo‘llagan videoxabarlarda Toshkentdagi DXM va Xalq qabulxonalari oldida to‘planganlarga mas’ullar taqiq hozircha amal qilmasligi, bemalol avtomobilda harakatlanish mumkinligini aytayotganini ko‘rish mumkin.

29 mart kuni Respublika maxsus komissiyasi 2020 yil 30 mart soat 06:00dan 20 aprel soat 00:01ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berilishi haqida qaror qabul qilgan, unga ko‘ra mazkur hududlarda shaxsiy avtomobillarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlangandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 123
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 58
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 116
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 0
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 2
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 20
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Bo‘limlar