“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 18:39
ЎЗO‘Z

Koronavirusdan katta talofat ko‘rayotgan Nyu-Yorkka suzuvchi gospital yo‘l oldi

30 mar, 06:00 2 002 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusdan katta talofat ko‘rayotgan Nyu-Yorkka suzuvchi gospital yo‘l oldi Foto: Getty Images
AQSH harbiy-dengiz kuchlarining kema-gospitali USNS Comfort Nyu-Yorkka koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun kelmoqda. Kema hisobiga shaharda koronavirusga chalinganlar uchun qo‘shimcha mingta o‘rin paydo bo‘ladi.

Bu esa shifoxonalardagi o‘rinlarni bo‘shatishga va mahalliy shifokorlarga yuklamani kamaytirishga imkon beradi.

29 mart kuniga AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 125 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan, ulardan 30 mingi Nyu-Yorkka to‘g‘ri keladi. Virusdan 2 mingdan ko‘proq, jumladan Nyu-Yorkda 672 odam vafot etgan. Shaharda vaziyat tobora yomonlashib bormoqda – bu yerda har 9,5 daqiqada bir kishi koronavirusdan vafot etmoqda. 2001 yil 11 sentabrdagi teraktdan keyin ilk bor Nyu-Yorkda minglab jasadlarga mo‘ljallangan muzlatgichli yuk mashinalari paydo bo‘ldi. Biroq shunday og‘ir vaziyatga qaramay, shaharda hanuzgacha karantin kiritilmagan.

USNS Comfort kema-gospitali AQSHdagi shunday ikkita kemadan bittasidir. Uning “egizagi” - USNS Mercy bo‘lib, ikkala kema ham avval tanker bo‘lgan kemalardan qurilgan. USNS Comfort 1987 yilda kema-gospitalga aylangan. Odatda, bu ikki kema o‘z vazifasini navbati bilan bajaradi. Biroq hozirgi sharoitda ikkala kema ham bir vaqtda qo‘llanadi - USNS Mercy shifokorlarga yordam berish uchun AQSHning g‘arbiy sohilbo‘yidagi portlardan biriga yuboriladi. Kemalar eng yangi tibbiy texnika, laboratoriyalar, jarrohlik zallari, tomograflar bilan jihozlangan. Ulardan har birida intensiv davolash uchun 80 ta o‘rin, qon bankalari va ichimlik suvi ishlab chiqarish uchun qurilma bor.

Biroq aytish joiz, ushbu kemalar avvalboshidan turli jarohatlar bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, yangi virusga qarshi kurashda faqatgina yordamchi vazifalarni bajarishi mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, AQSHda vaziyat qo‘ldan chiqarilgan – hukumat koronavirus tarqalishini sekinlashtirish uchun qat’iy choralarni o‘z vaqtida qabul qilmagan. Ikki hafta avval AQSHda kasallanganlar soni bunchalik vahimali bo‘lmagan edi. The New York Times nashrining yozishicha, AQSHda eng yomon voqealar rivojida koronavirusdan 1,7 mln amerikalik vafot etishi mumkin. Agar cheklovchi choralar qabul qilinsa, qurbonlar soni 150-200 minggacha kamayishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 2
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 74
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 107
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 154
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 251
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 83
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 0
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 73
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 30
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 28
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 97
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 75
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 106
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 154
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 171
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 226
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 87
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 71
  • Bo‘limlar