“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:50
ЎЗO‘Z

Oddiy haqiqatlar

30 mar, 22:01 70 873 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oddiy haqiqatlar Bizga ko‘rinmas zarra urush e’lon qildi. Uni bizga Kim yuborganini har birimiz bilamiz!

• Inson ekanligimizni o‘zimiz anglab yetmas ekanmiz, biz uchun buni koronavirus bajaradi va bunda, albatta, talofatlar bo‘ladi.

Odamzod son jihatdan o‘sdi-yu, insoniylik, diyonat, e’tiqod, mehr-oqibat va ilm-ma’rifat darajasi, afsuski, orqada qoldi! Insonlar nafs girdobiga g‘arq bo‘ldi.

• Olloh kechirgin, Sen kechirimlisan, deymiz-u, bir-birimizni kechirishni xohlamaymiz. Vaziyat shu darajaga borib yetdiki, ota o‘g‘ilni, o‘g‘il otani, ona qizini, qiz esa onani kechirmay qo‘ydi. Chin do‘stlar yuz ko‘rmas bo‘lib ketdi. Bu razolat insoniyatni falokat yoqasiga olib kelib qo‘ydi.

Arshi a’loni larzaga soluvchi mudhish voqealar ko‘paygandan-ko‘paydi. Ona farzandini pulga sotdi. Ota 2 yashar bolasini o‘la solib kaltakladi. Katta o‘g‘il otani urib o‘ldirdi. Aka ukani pichoqladi va zarracha afsus qilmasdan bir necha yillik qamoqqa ketdi.

• Jamiyat teskari qonuniyatlar botqog‘iga g‘arq bo‘ldi: oliygohlar ko‘paydi-yu, ilmli ko‘paymadi. Machitlar ko‘paydi-yu, murtadlar kamaymadi. Dindorlar ko‘paydi, biroq diyonat ham yo‘qoldi. Oila markazlari ko‘paysa-da, ajrimlar kamaymadi. Nega?! Chunki e’tiqod yo‘q! E’tiqodni esa bir-biriga bog‘lab turadigan narsa – bu mehr-oqibat! Ha! O‘sha mehr-oqibat! Hadeb, takrorlanaverib, sizning joningizga tegib ketgan o‘sha mehr-oqibat! Xo‘sh, uni nima yo‘qotdi? Pul! Pul yo‘qotdi! Kambag‘aldagi mehr-oqibatni ham, boydagi mehr-oqibatni ham, quldagi mehr-oqibatni ham, amaldordagi mehr-oqibatni ham faqat bitta narsa yo‘qotdi. U ham bo‘lsa – Pul! Biz pulni quliga aylandik! Alal-oqibat kambag‘allik bilan boylik orasida katta jarlik paydo bo‘ldi. Bu jarlik – NAFS jarligi!

Jamiyat zaharlandi, qalblar zaharlandi, pul – buyuk kuchga aylandi. Insoniyat esa pulning quliga aylandi.

• Pul, pul va yana pul! 24 soatni 20 soatini pul ishlashga sarflaydi, qolgan 4 soatida topgan pullarini tushida ko‘rib, rohatlanib yotadi. Oddiy insonlar haqiga xiyonat qilib, ertaga yana pul ishlagani ketadi. Axir vaqtim faqat pul topishga ketayapti, uni ishlatishga vaqt topilmayaptiku, degan savol uning miyasiga sira kelmadi. Pulni deb Ota unut bo‘ldi, Ona unut bo‘ldi, aka-ukalar yuz ko‘rmas bo‘lib ketdi. Endi-chi?

Do‘ppini yerga qo‘yib, bir mulohaza qil! Sen kimsan o‘zi! Qulmisan yoki inson?! Ota degan nomga loyiqmisan?! Farzandmisan yoki gumrohmisan?! Onangni so‘nggi marotaba qachon bag‘ringga bosib yarim soat yonida o‘tirgansan?! Farzandlaringni qachon erkalatib o‘qishi bilan qiziqqansan?! Qachon uzoqdagi qiynalib yashayotgan ukangning oilasidan xabar olding?! Atrofing to‘la illat va uni seni o‘zing yaratmadingmi?!

• Ollohni faqat tilingda aytib, dilingga jo qila oldingmi?! Sen o‘zi nimadandir qo‘rqasanmi?! Menimcha, qari ota-onangni yo‘qotib qo‘yishdan emas, to‘plagan boyliklaringni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqasan. Attang! Ming bora attang!

Koronavirus bizni o‘ldirishga kelmadi, ko‘zimizni ochishga keldi. Bu balo uzoqlashib ketgan insonlarni bir-biriga yaqinlashtirish uchun keldi, yo‘qolib borayotgan mehr-oqibatni qaytarish uchun keldi.

• Koronavirus oilasidan uzoqlashib ketgan ota-onalarni oilasiga, beg‘ubor bolalari bag‘riga qaytargani keldi. Mehrga zor bo‘lib munkayib qolgan buvayu-buvijonlar oldiga qaytargani keldi.

Koronavirus ochofat insoniyatning yovuz xatti-harakatlarini to‘xtatgani va tabiatni tozalagani keldi. Nafaqat qo‘llar va yuzlarni, balki qalblarni tozalashni o‘rgatish uchun keldi. Bu zarra bizga Insonligimizni anglatgani keldi.

Mulohazani shu yerda to‘xtataman. Chunki hali bu haqda ko‘p gaplashamiz. Endi nima qilishimiz haqida o‘z fikr-mulohazalarimni o‘rtoqlashaman. Men ko‘proq farzandlar va oilada o‘zimizni qanday tutishimiz haqida ba’zi maslahatlarni berib o‘taman.

Butun dunyo boyligi bolaga teng bo‘lolmas!
«Bolam Seni yaxshi ko‘raman», deng. «Sen – mening faxrimsan! Sendek o‘g‘lim yoki qizim borligidan xursandman. Sen mening kelajagimsan! Sen mening borlig‘imsan! Senga ishonchim cheksiz! Sen bilan men baxtiyorman», deng!

• «Men Seni kechirdim! Mendan o‘tgan bo‘lsa, sen ham meni kechir», deb bolangizni bag‘ringizga bosing, peshonasidan o‘ping. «Hamma ham xato qiladi, beayb Parvardigor», deng. «Biz bir-birimizni kechirsak, Olloh bizni kechiradi»...

Aka-ukangizga telefon qiling, ularni yaxshi so‘zlar bilan siylang. Iqtisodiy qiynalib qolgan bo‘lsa, mablag‘ bilan yordam qiling. Siz ularni baxtiyor qilsangiz, Olloh Sizni baxtiyor qiladi.

• Olishni emas, berishni ham o‘ylang. Mana tabiatdan faqat olib keldiк, endi tabiat bizdan o‘ziga keragini tortib ola boshladi. Demak, muvozanat buzilgan va u qayta tiklanishi kerak. Ha! Biz insonlar uchun qayta tiklanishi kerak. Chunki tabiat ham bizniki!

Endi virus tufayli asab va ruhiyatni asrashga oid maslahatlarim bilan o‘rtoqlashsam
Vahimaga berilmang! Hadik boshqa, vahima boshqa! Virusdan hadiksirang, chunki hadik – bu ruhiyat uchun himoya funksiyasini bajaradi. Chunki inson hadiksiragan narsaga yaqinlashmaydi, undan yiroq yurishga intiladi.

• Vahima – kayfiyatni tushiradi, asabiylashtiradi va ruhiyatni izdan chiqaradi. Bundan Siz yutmaysiz, aksincha yutqazasiz.

Teran fikrlashni o‘rganing! Teran fikr atrofda bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri tahlil qilishga yordam beradi! Bu yerda mening o‘rnim nimadan iborat, menga qanday xavf bor, mendan atrofdagilarga qanday xavf bor! Demak, dastlab har kim shu savolga javob topishi kerak!

• Beparvolikka berilmang. Xotirjam bo‘ling, biroq beparvo bo‘lmang! Beparvolik – bu bo‘layotgan voqea va hodisalarni nazar-pisand qilmaslik! Beparvolik – nafaqat Sizning, balki yaqinlaringiz sog‘lig‘iga ham havf tug‘diradigan vaziyatni yuzaga keltirsa, xotirjamlik – aksincha Sizga fikrlaringizni bir joyga jamlab olib, to‘g‘ri qaror qabul qilishga mezon yaratadi.

Ortiqcha xavotirga berilmang! Me’yordagi xavotir psixologik himoya funksiyasini shakllantirsa, ortiqcha xavotir – fobiyaga olib keladi. Fobiya – bu miyaga o‘rnashib olgan va uzoq davom etuvchi qo‘rquv. Xavotirni ham yengil, o‘rta va og‘ir turlari bo‘ladi. Xavotirning yengil va o‘rta turi – bu yaxshi. Chunki insonda psixologik immunitetni shakllantiradi, ortiqcha xavotir esa fobiyaga sababchi bo‘ladi. Xavotirni aniqlashning oddiy usuli mening «Asab va ruhiyat» kitobimda yozilgan. Uning elektron variantini internetga qo‘yganmiz.

• Yuqori kayfiyat va xushchaqchaq inson oldida har qanday virus ojiz! Chunki yuqori kayfiyat qondagi T va V-limfotsitlarni 20 % ga oshiradi. Qo‘rquvdan labga uchuq chiqishini ko‘z oldingizga keltiring. Aslidan uchuqni virus chaqiradi, biroq u qo‘rqqandan keyin paydo bo‘ladi.

Mana barchamiz bir dasturxon oldida o‘tirib ovqatlanayapmiz. Farzandlarimiz bizni mehrimizdan to‘ysin. Jovonlarda chang bosib yotgan kitoblar qo‘lga olib o‘qilsin, mushtarak qalblar bir-biriga yaqinlashsin! Har qanday vaziyatdan g‘alaba bilan chiqib ketish mumkin. Chingizxonlarni mag‘lub qilganmiz! Manguberdi va Temuriylar avlodimiz!

1941-1945 yillardagi matonatli O‘zbek xalqini eslang! «Sen yetim emassan» filmini yana bir bor ko‘ring. O‘sha paytdagi bolalarning ba’zilari haliyam tirik. Hozirgi davr hali tahlikali emas. Odamlardagi qo‘rquv va xavotir tahlikali vaziyatni yaratadi xolos.
Barcha talablarga amal qilaylik. Bir xalq, bir millat bo‘lib birlashaylik. Bir-birimizga dalda bo‘laylik!


• Hayot go‘zal! Hayot zavqli! Tabiat maftunkor! Biz virusni yengamiz! Albatta, yengamiz!

Hurmat bilan,
«SHIFO-info» gazetasining tahrir hay’ati a’zosi,
tibbiyot fanlari doktori, professor, nevrolog
Zarifboy IBODULLЕV
28 mart 2020 yil




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 239
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 134
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 152
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 128
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar