“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 20:49
ЎЗO‘Z

Koronavirusga qarshi kurash: AQSH va O‘zbekiston

29 mar, 21:40 6 021 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga qarshi kurash: AQSH va O‘zbekiston AQSH — dunyoda eng ko‘p koronavirus holati aniqlangan mamlakat. O‘zbekistonga esa virus ancha kech kirib keldi va hozirda kasallanganlar soni ko‘p emas.

Kasallanganlar soni:
AQSH: 120 mingdan ortiq
O‘zbekiston: 100 dan ortiq

O‘lganlar soni:
AQSH: 2 mingdan ortiq
O‘zbekiston: 2 ta

Izoh: Bu raqamlar hozircha hech narsani anglatmaydi. AQSHda ilk bemor 20 yanvarda aniqlangan. O‘zbekistonda esa 14-martda. Ikki oydan keyin O‘zbekistonda vaziyat qanday bo‘ladi? Buni hozir aniq aytish qiyin.

AQSHda ko‘rilayotgan choralar
Dunyoning eng boy va qudratli mamlakatida tibbiy niqob, qo‘lqop, maxsus kiyimlar va bemorlar uchun sun’iy nafas olish moslamalari yetishmayapti.

Virus eng ko‘p va tez tarqalayotgan Nyu-Yorkda hozir 60 mingga yaqin bemor bor. Bu yerda virus tarqalishi 15-20 kundan keyingina cho‘qqisiga chiqishi kutilyapti. Ya’ni ungacha har kuni kasallanganlar soni faqat o‘sib boradi. Nyu-York gubernatori bizga yordam beringlar, deb har kuni federal hukumatga yolvoryapti. Chunki, mutaxassislarning aytishicha, virus tarqalishi cho‘qqiga chiqqanda kamida 130 ming bemor kasalxonada yotishi kerak. Mamlakatning eng boy shtatlaridan biri bo‘lgan Nyu-Yorkning bunga qurbi yetmasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Birgina sun’iy nafas olish moslamasidan kamida 30 mingta kerak. Shtat ixtiyorida esa ular soni bor-yo‘g‘i yetti mingta.

Bu faqat bir shtatdagi ahvol. Nyu-Jersi, Kaliforniya, Massachusets, Vashington kabi shtatlarda ham ahvol og‘ir.

Vaziyatning bu qadar izdan chiqib ketishi keskin choralarni ko‘rish kechikkani bilan bog‘liq. Masalan, AQSH chet davlatlar bilan chegaralarini juda kech yopdi. Haligacha mamlakat bo‘ylab federal darajada uydan chiqmaslik qarori yo‘q. Ko‘plab shtatlar darajasida bu amalga oshirilyapti, lekin butun mamlakat yopilgani yo‘q.

Ko‘chaga chiqqanda yuzga niqob taqish majburiy emas. Prezident Donald Tramp mamlakatni butunlay yopmasdan, balki virus eng kop tarqalgan hududlarnigina yopib, boshqa joylarda ijtimoiy masofa saqlash va gigiyena qoidalariga kuchaytirish orqali pandemiyani to‘xtatish tarafdori.

O‘zbekistonda ko‘rilayotgan choralar
O‘zbekiston virus chiqishi bilan keskin choralarga o‘tdi. Toshkent shahri va barcha markaziy shaharlar karantinga olindi. Niqobsiz va zaruratsiz ko‘chaga chiqish mumkin emas. Jamoat transporti, hatto shaxsiy avtomobillarda harakatlanish taqiqlandi. Deyarli butun mamlakat ham ichki, ham tashqi dunyodan to‘liq uzildi.

Kimning usuli to‘g‘ri?
Men O‘zbekiston tutgan yo‘lni qo‘llab-quvvatlayman. Virus nazoratdan chiqib ketsa, uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Agar bemorlar soni o‘ng minglab yoki yuz minglab darajaga chiqsa, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi buni ko‘tara olmaydi. Shu bois virus chiqishi bilan kamida bir oy karantinda bo‘lish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lishi mumkin.

Albatta, buning iqtisodiy badali og‘ir. 1-2 oy davomida iqtisodiyotning butunlay to‘xtashi davlat uchun milliardlab dollar zarar keltiradi.

Xavotirli holatlar
Shuncha harakat besamar ketmasligi uchun ko‘rilayotgan choralar bexato amalga oshirilishi kerak. O‘zbekchilik qilib, kimlardir karantindan chiqarib yuborilsa yoki kasalxonalarda tibbiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, butun xalqni qiynab amalga oshirilayotgan shuncha ish chippakka chiqishi mumkin.

Virus tarqalishini to‘xtatishning eng yaxshi yo‘li niqob taqish emas, balki ijtimoiy masofani saqlash, qo‘lni tez-tez sovunlab yuvish va yuz-ko‘zni ushlamaslikdir. Butun dunyo davlatlari shu qoidalarni o‘z aholisiga qayta-qayta uqtirmoqda. Qo‘lni qanday yuvish, necha sekund yuvish, qachon yuvish bo‘yicha maxsus treninglar, seminarlar o‘tkazilyapti. Ham bolalar uchun, ham kattalar uchun. Barcha jamoat joylari qo‘lni tozalash uchun anti-septik vositalar, qo‘lni qanday yuvish qoidalari bilan ta’minlangan.

O‘zbekistonda uyda qolishga ko‘p urg‘u berilyapti, ammo qo‘lni yuvish va ijtimoiy masofa saqlashga bu darajada e’tibor berilganini ko‘rmadim. Televideniyeda niqob taqqan jurnalist niqob taqqan suhbatdoshidan intervyu olyapti, ammo ijtimoiy masofa saqlash me’yoriga rioya qilinmagan. "Uyda qoling", deb bot-bot takrorlagandan ko‘ra, shu qoidalarni ko‘proq targ‘ib qilganimiz aslida foydaliroq emasmi?

Chunki qo‘l tez-tez sovunlab yuvilmasa, odamlar orasida ijtimoiy masofa saqlanmasa, niqob yordam bermaydi. Bu ilmiy fakt.
Qo‘lni tez-tez sovunlab yuving, boshqalar bilan gaplashganda 2 metr masofa saqlang va uyda qoling.

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 4
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 111
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 91
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 77
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 3
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 43
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 63
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 72
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 232
  • Bo‘limlar