“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 00:11
ЎЗO‘Z

Britaniyalik karantin vaqtida marafon masofasini o‘z uyida bosib o‘tdi

29 mar, 20:39 2 119 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Britaniyalik karantin vaqtida marafon masofasini o‘z uyida bosib o‘tdi Foto: Twitter
Bugungi kunda koronavirus tufayli dunyoning aksar davlatlarida karantin joriy etilgan. Dunyo bo‘ylab ko‘plab tadbirlar, sport musobaqalari bekor qilingan.

Ammo qalovini topsa, qor ham yonadi deganlaridek, londonlik 36 yoshli Jeyms Peyj karantin vaqtida ham sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanishning yo‘lini topdi. U o‘z uyining tor hovlisida marafon masofasini bosib o‘tdi.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, Jeyms koronavirus tarqalishigacha avval Londonda, keyin Sahroi Kabirda o‘tkaziladigan marafonlarda qatnashishni reja qilib bu musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. Koronavirus tufayli har ikki musobaqa ham bekor qilindi. Buning ustiga, Britaniya hukumati karantin vaqtida fuqarolarga faqat o‘z uylaridan chiqmay sport bilan shug‘ullanishga ruxsat bergan.

Biroq Jeyms bo‘sh kelmadi va musobaqalar uchun ko‘rgan tayyorgarligi zoye ketishini xohlamay, marafoncha yugurishni o‘z uyining tor hovlisida amalga oshirdi. U 4 soat-u 57 daqiqada o‘zining mo‘’jaz hovlisida 873 marta aylanib, 42 kilometr 195 metr masofani yugurib o‘tdi va hatto tomoshabinlardan saraton kasalligiga chalingan bolalarga yordam berish xayriya maqsadida uch ming funt sterling yig‘ishga ham ulgurdi.

My story on James Page, who ran a marathon in his garden this week so his race training wouldn't go to waste https://t.co/5rChtIQby2

— Max McLean (@mxmcln) March 28, 2020

Yugurish vaqtida Jeyms tizzalarini shikastlamaslik va boshi aylanmasligi uchun har 20 daqiqada yo‘nalishni o‘zgartirib turdi. Qizig‘i shundaki, Jeyms marafon so‘ngida finish chizig‘i lentasi o‘rniga hojatxona qog‘ozidan foydalandi va uni yirtib o‘tdi.

Jeymsning bu ishini hamma ham olqishlamadi. Internetda unga qarata qahr-g‘azabga yo‘g‘rilgan izohlar ham yozildi. Jeymsning ishidan g‘azablanganlarning fikriga ko‘ra, do‘konlarda hojatxona qog‘ozi yetishmayotgan bir vaqtda marafonchining finish lentasi sifatida bu «noyob» qog‘ozdan foydalanishi insofdan emas.

Shuningdek, bayramona kayfiyatni Jeymsning turmush o‘rtog‘i ham biroz buzdi. U devorda erining krossovkasidan qolgan izlarni ko‘rib, ta’bi tirriq bo‘lgan. Marafonchining aytishicha, biroz o‘tib xotinining jahli bosilgan va devorga yetkazilgan arzimagan zarar uchun uni kechirgan.

Qizig‘i, Jeyms karantin davrida marafoncha yugurgan ilk odam emas. Avvalroq favqulodda holatlardan boshqa payt ko‘chaga chiqish taqiqlangan Fransiyada 32 yoshli fuqaro o‘zining bor yo‘g‘i 7 metrli balkonida 42 kilometr chopib, marafoncha yugurishni amalga oshirgani aytilgandi.

Ma’lumot uchun, marafoncha yugurish 1896 yilgi ilk olimpiada o‘yinlaridan boshlab musobaqalarga kiritilgan va an’anaviy tarzda erkaklar o‘rtasidagi g‘olib musobaqaning yopilish marosimi arafasida aniqlanadi. Plutarx asarlariga ko‘ra, marafoncha yugurish tarixi eramizdan avvalgi 490 yilga borib taqaladi. Afsonaga ko‘ra, Filippid ismli jangchi Marafon shahri yaqinidagi jangda greklar g‘olib bo‘lganini aytish uchun Marafondan Afinagacha yugurib boradi. Afinaliklarga g‘alaba xabarini yetkazgan jangchi yo‘lda holdan toyib halok bo‘ladi. U yugurib o‘tgan masofa esa aynan 42 kilometr 195 metrga teng bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 6
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 107
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 16
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 69
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 227
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 374
  • So'nggi yangiliklar
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 6
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 107
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 16
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 45
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 69
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 47
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 120
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 45
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 200
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 87
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 189
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 68
  • Bo‘limlar