“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 18:18
ЎЗO‘Z

Ona-bola ehson tarqatayotgan imom-xatibni omma oldida haqorat qildi

29 mar, 18:28 10 918 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ona-bola ehson tarqatayotgan imom-xatibni omma oldida haqorat qildi Farg‘onaning Quva tumanida ehson tarqatayotgan imom-xatib omma oldida haqorat qilindi. Manbamizga ko‘ra, voqelik 2020 yil 25 mart kuni Quva tumani Dehqon bozorida sodir bo‘lgan.

Aytilishicha, mahalliy tadbirkorlar karantin munosabati bilan kam ta’minlangan oilalar uchun ma’lum miqdorda birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini jamlab, uning taqsimotini tuman imom-xatibdan iltimos qilishadi. Shunga binoan ehsonlar Dehqon bozorida tarqatilayotgan paytda D. M. (ona) va S.S. (o‘g‘il) shaxsiy «Damas»ida (!) kelib, mahsulotlardan o‘zlariga ham berilishini talab qilishadi. Biroq imom-xatib ehsonlar faqat muhtojlar uchun ekanini, ular (ona-bola) bunday toifaga kirmasligini aytadi.

Bunday javobdan so‘ng ona-bola g‘alva ko‘tarib, atrofdagilar e’tiborini jalb qilgan holda imom-xatibni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilishga tushadi. Kamiga ayni jarayonni uyali telefoni orqali tasvirga olib, «Bizning Quvada imom-xatiblar kam ta’minlangan oilalarga emas, faqat o‘ziga o‘xshagan boyvachcha hojilarga ehson qiladi», degan ma’noda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuboradi.

Voqelikning ertasi kuni (26 mart) holat yuzasidan tuman IIB xodimlari surishtiruv o‘tkazishga tushganda ona-bola ularning qonuniy talablariga bo‘ysunmay navbatdagi huquqbuzarlik sodir etgani ham aytiladi.

Holatga aniqlik kiritish uchun Quva tumani ma’muriy sudi bilan bog‘landik. Sud raisi Azizbek Jumayev voqelikni tasdiqlab, kuni kecha ona-bolaga oid ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi.

Sud majlisi yakuniga ko‘ra, huquqbuzar ona jarima jazosiga tortilgan bo‘lsa, uning o‘g‘liga nisbatan 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 6
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 41
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 106
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 56
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 37
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 6
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 13
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 40
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 34
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 46
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 33
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 88
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 52
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 151
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 33
  • Bo‘limlar