“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 23:48
ЎЗO‘Z

Nilufar Usmonova pulsiz qiynalgan paytlari va o‘g‘lini tok urib yuborganidan keyin o‘zgargani haqida so‘zlab berdi

29 mar, 18:08 9 781 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nilufar Usmonova pulsiz qiynalgan paytlari va o‘g‘lini tok urib yuborganidan keyin o‘zgargani haqida so‘zlab berdi Foto: Instagram / @nilufarusmonova
Nilufar Usmonova «Yoshlar» telekanalining «Gaplashamiz» ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. Xonanda ushbu ko‘rsatuvda onasi ikkinchi marta turmushga bermoqchi bo‘lgani uchun uydan o‘g‘li Saida’zamxonni olib chiqib ketgani, pulsiz qiynalib yashagan paytlarini esladi.

«Birinchi turmushim bo‘lmaganidan keyin onam ikkinchi marta turmushga bermoqchi bo‘lganida o‘g‘limni olib, uydan chiqib ketganman. Chunki men onam aytgan insonga turmushga chiqishni xohlamaganman, sababi men boshqa insonni — hozirgi turmush o‘rtog‘imni sevardim. Onam mashinamni olib qo‘yib, yashashim uchun uy bergan. O‘sha uyning sharoiti yaxshi bo‘lgani uchun men uni ijaraga berib, o‘zim sharoitsiz uyda yashaganman. Chunki bolamning bog‘chasiga, o‘zimning yurish-turishimga pul kerak edi. Ba’zan juda pul zarur bo‘lib qolganida, kosmetika sotadigan ayoldan tovar olib, xonanda dugonalarimga sotib, pul topganman.

O‘g‘lim Saida’zamxon kuni bilan bog‘chada bo‘lardi, kechki payt uyga kelganida Maggi tez tayyor lapshani yaxshi ko‘rgani uchun, shuni olib tayyorlab berardim. Bola shuni yeb uxlardi, ertalab yana bog‘chaga ketardi. Uyim shu darajada eski, sharoitsiz ediki, poldan linoleum yirtilib, sementi chiqib yotardi. Eski ‘Biryusa’ muzlatkichi turardi. Uni ichida hech narsa bo‘lmasdi, deyarli. Faqat ovqat qilish uchun zarur bo‘lgan go‘sht, kartoshka, sabzi, piyoz bo‘lardi. Bir kuni Saida’zamxon o‘sha muzlatkichni ochgandi, uni tok urib, orqaga otib yubordi. Shu holat menga juda qattiq ta’sir qildi. Do‘stlar, tanish bilishlar orqali to‘ylarga chiqa boshladim. To‘ylarga kirib, qistirilgan pulni olib, chiqib ketardim. Shunday qilib, men o‘zimni to‘ylarda ‘raskrutka’ qilib olganman. Mening qo‘shiqlarim to‘ybop bo‘lmagani uchun kim necha pul bersa boraverganman o‘sha to‘yga.

Birinchi bo‘lib uyimga olgan eng qimmat narsa bu 1375 dollarlik muzlatgich bo‘lgan. ‘Chirindi’ uyimda o‘sha qimmatbaho muzlatgich turardi. Bolamni tok urib yuborgani menga qattiq ta’sir qilgan, shuning uchun muzlatgichning eng qimmatidan olganman», — deydi xonanda.

Foto: Instagram / @nilufarusmonova

Foto: Instagram / @nilufarusmonova

Foto: Instagram / @nilufarusmonova
Avvalroq, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova karantinda uyda o‘tirgan muxlislariga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etish maqsadida har kuni Instagram’dagi sahifasi orqali konsert berishini ma’lum qilgan edi.
Nilufar Usmonova




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 1
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 33
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 61
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 289
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 1
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 0
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 81
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 57
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 21
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 23
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 160
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 206
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 287
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Bo‘limlar