“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 15:16
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda ikki marta efirdan olib tashlangan «Sevgi iztirobi» seriali yana namoyish etiladi

29 mar, 17:10 5 481 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda ikki marta efirdan olib tashlangan «Sevgi iztirobi» seriali yana namoyish etiladi Foto: Habertürk
Ikki marta efirdan olib tashlangan Turkiyaning «Sevgi iztirobi» («Kara sevda») seriali tez kunda Zo‘r TV telekanali orqali namoyish etila boshlaydi. Bu haqda telekanalning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

«Sevgi iztirobi» Zo‘r TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017 yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. Ushbu serial O‘zbekistonda tezda ommalashdi, hatto choyxonalarda ham serialni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Uning reklama bannerlarini poytaxt ko‘chalarida ham ko‘rish mumkin edi.

2018 yil fevral oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov «Sevgi iztirobi» serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishi to‘xtatilgan edi. O‘shanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi.

Foto: Habertürk
Zo‘r TV telekanali 2019 yil iyul oyida «Sevgi iztirobi» efirga uzatilishini ma’lum qildi. 30 iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi.
Ertasi kuni esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa ko‘ngilochar ko‘rsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganiga izoh berilmadi.

Ma’lumot uchun, «Kara sevda» seriali Turkiyada 2015 yildan 2017 yil yozigacha namoyish etilgan bo‘lib, 2 mavsum va 74 qismdan iborat. Uning har bir qismi 120—150 daqiqadan iborat. Serialning har bir epizodi turli davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham bir necha qismlarga bo‘lib uzatildi. Serial 2017 yilda «Yilning eng yaxshi telenovellasi» nominatsiyasida «Emmi» mukofotini qo‘lga kiritdi. Dunyoning 20 dan ortiq davlatida, xususan, BAA, Iroq, Afg‘oniston Islom respublikalarida ham namoyish etildi.
Sevgi iztirobi, namoyish, serial




Mavzuga oid yangiliklar
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 23
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 118
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 354
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 110
  • Chingiz Aytmatov boshi uzra qora bulutlar yoki qasam bilan mustahkamlangan qarz 21 apr, 17:24 310
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 379
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 0
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 0
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Bo‘limlar