“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 20:06
ЎЗO‘Z

Mashhur kinoaktrisa koronavirusdan qanday davolanganini aytib berdi

29 mar, 09:50 5 291 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mashhur kinoaktrisa koronavirusdan qanday davolanganini aytib berdi Koronavirus bilan kasallanganidan keyin tuzalib chiqqan mashhur kinoaktrisa Olga Kurilenko o‘zining instagram sahifasida kasallik tafsilotlarini bayon qildi.

U koronavirusni qayerda va qanday qilib yuqtirib olganini bilmasligini yozgan. Aktrisa kasallik alomatlarini sezgach darhol Londondagi kasalxonada ko‘rikdan o‘tganini aytadi – natija musbat edi. Shifokorlar uning ahvoli og‘ir emas deya qayd etishdi va uni uyiga jo‘natishadi. Kurilenko, shuningdek, shifokorlar unga faqat paratsetamol qabul qilishni maslahat berishganini aytadi.

Bundan tashqari, aktrisa shifokorlar bilan farzandini nima qilishi kerakligini muhokama qilgan: o‘zini undan ajratish yoki birgalikda qolish. Muammo shundaki, u allaqachon koronavirus tashuvchisi bo‘lishi mumkin edi.

«Shuning uchun ular meni mendan boshqa hech kimning oldiga qo‘ymasliklarini aytishdi. Ammo uyda biz bilan enaga bo‘lganligi sababli, uchalamizni boshqalardan ajratishdi», – dedi aktrisa.

Hozircha uning o‘g‘lida hech qanday alomat yo‘q. Faqat aktrisaning kasalligi kechgan birinchi haftasida farzandida burun bitishi kuzatilgan. Kurilenko, uning burun bitishi bungacha ham bo‘lganini va u tezda o‘tib ketganligini eslatgan. Uning ta’kidlashicha, o‘g‘li kasalikni o‘tkazdimi yoki yo‘qmi, buni test topshirmasdan bilishning imkoni yo‘q.

«Testlar hozirda yetishmayotganligi sababli, afsuski, bizda uni o‘tkazish imkoniyati yo‘q, ayniqsa alomatlar kuzatilmasa», deydi u.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, onasi uni ko‘rishga kelishni va unga qarashni istashini bildirgan. Biroq u buni qat’iy rad etgan. Ikki hafta davomida ular bir-birlarini ko‘rishmadi, ammo hozir, tuzalib qaytgach, ular birga yashashmoqda.

Kurilenko, shuningdek, uning barcha oila a’zolari o‘zlarini yaxshi his qilishayotganini ma’lum qilgan.
Ukrainada tug‘ilgan Olga Kurilenko «Parij, men seni yaxshi ko‘raman» filmidagi rolidan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan edi. U o‘g‘li bilan Londonda yashaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 96
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 157
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Bo‘limlar