“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:29
ЎЗO‘Z

Serbiya prezidenti sun’iy nafas oldirish apparatlarining bozordagi «o‘g‘irligi» haqida

28 mar, 22:55 2 957 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Serbiya prezidenti sun’iy nafas oldirish apparatlarining bozordagi «o‘g‘irligi» haqida Foto: «RIA Novosti»
Jahon bozorida sun’iy nafas oldirish apparatlari koronavirus sabab «o‘g‘irlanmoqda». Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

27 mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakat rahbari Serbiya shifoxonalarini so‘nggi 10 kun ichida bir necha yuz sun’iy nafas oldirish apparatlari bilan ta’minlash juda katta qiyinchilik bilan amalga oshirilganini so‘zlab berdi. U 14 martdayoq mamlakatda ushbu apparatlar soni davlat siriga aylanishini aytgandi.

«Apparatlarga keladigan bo‘lsak, men bunaqasini umrimda ko‘rgan emasman, hozirda jahon bozorida sun’iy nafas oldirish apparatlari uchun talonchilik keng tarqalgan. Imzolangan shartnomalar va to‘langan avanslar ham yordam bermayapti. Yetkazib beruvchilar shartnomalar tuzishni istamayapti va kim kattaroq narx taklif qilsa, o‘shanga sotmoqda, sizga esa pullaringizni qaytarib beryapti», — deydi Vuchich.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Serbiya hukumati mamlakatdagi klinikalarga 135 dona mobil sun’iy nafas oldirish apparatlarini tarqatishga, shuningdek, yana 15 milllion dona tibbiy niqoblarni sotib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Serbiya Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 528 kishiga yetgan, sakkiz kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklariga 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilish, xavf yuqori bo‘lgan aholi punktlarida ko‘chma laboratoriyalar tashkil etish vazifasi qo‘yilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar