“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 14:43
ЎЗO‘Z

Koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemor Putin bilan ko‘rishgach “sog‘ayib ketdi”

28 mar, 21:57 5 707 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemor Putin bilan ko‘rishgach “sog‘ayib ketdi” 24 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutilmagan tashrif bilan Kommunarka (Moskva)dagi shifoxonaga borgan edi. U yerdagi palatalardan birida prezident Garkavi ismli bemor bilan uchrashadi. Uchrashuvdan so‘ng Garkavi tezda "tuzalib ketdi".

Bu voqea runetda ancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Kimdir uni FSB xodimi deb atagan bo‘lsa, yana birov "Mosfilm"ning aktyori deb atadi. Meduza nashri ushbu bemor bilan suhbat uyushtirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Dmitriy Garkavi Sechenov nomidagi birinchi tibbiyot universiteti davolash-diagnostika alohida klinikasi rahbari, yosh ortoped-shifokor ekan.

U 19 mart kuni Kommunarkadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga koronavirus ehtimoli bilan yotqiziladi. Birinchi analiz natijalari salbiy chiqadi, ya’ni unda koronavirus aniqlanmaydi.

Garkavi chet elda bo‘lmagan. Nima uchun aynan u bilan ko‘rishgani so‘ralganda, "Birinchidan, menda koronavirus aniqlanmadi va bu xavfsizlikni ta’minlaydi, ikkinchidan, men shifokorman, men unga virus haqida aljiramayman" deb javob beradi.

Garkavi tashrif haqida oldindan ogohlantirilmagan, ya’ni tayyorlanmagan bo‘ladi. Faqat ikki daqiqa oldin unga bu haqda xabar beriladi.
U hozirda ahvoli yaxshiligini va koronavirus uchun uchinchi test topshirganini aytib so‘zlarini yakunlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 0
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 18
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 74
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 107
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 179
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 8
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 12
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 129
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 22
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 18
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 130
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 74
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 107
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 179
  • Bo‘limlar