“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 09:15
ЎЗO‘Z

Advokatga nisbatan sanksiyalar berish prokuror vakolatidan sudlarga o‘tkaziladi

28 mar, 12:50 2 368 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Advokatga nisbatan sanksiyalar berish prokuror vakolatidan sudlarga o‘tkaziladi Foto: Fotolia
Advokatning daxlsizligini ta’minlashda ularga nisbatan tezkor qidiruv va sud-tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonida sanksiya berishni prokurorlar vakolatidan sudlarga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqida Adliya vazirligi va Advokatlar palatasining qo‘shma axborotida aytilgan.
Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborotiga asoslanib qator elektron ommaviy axborot vositalarida “Prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan so‘zlashuvlari, uzatiladigan xabarlari va ma’lumotlari nazorat qilinadi” degan mazmundagi tarqalgan xabarlar ko‘pchilik advokatlarning ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozli chiqishlariga sabab bo‘ldi.

Advokatlar palatasi o‘z navbatida, advokatlarning qonun bilan belgilanadigan mavqei xalqaro standartlarga mos kelishi kerakligini ta’kidladi.

Masala yuzasidan Bosh prokuratura va Adliya vazirligi o‘zlarining izohlarini e’lon qildi. Ularda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga Jinoyat-protsessual kodeksi va “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini inobatga olib “... telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan so‘zlashuvlarni, xabarlar va ma’lumotlar uzatilishini nazorat qilish” tushunchalarini aniqlashtirish maqsadida kiritilayotganligi va bu o‘zgarishlar advokatlarning daxlsizligiga ta’sir qilmasligi bayon qilindi.

Bosh prokuratura va Adliya vazirligi ta’kidlashicha, qonun fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy telekommunikatsiya qurilmalari orqali xabarlar va ma’lumotlar uzatilishini nazorat qilishning qonuniy mexanizmlarini mustahkamlaydi.

Amaldagi qonunchilikda advokatning daxlsizligi sifatida unga nisbatan tezkor qidiruv va tergov harakatlarini amalga oshirish uchun Bosh prokuror, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi olinishi belgilangan.

Advokatlar xalqaro standartlardan kelib chiqib, sanksiya berish masalasini sudlarga o‘tkazish zarurligini bildirishmoqda.

Oxirgi ikki yilda advokatura instituti mustaqilligini ta’minlash va uning inson huquqlarini himoya qilishdagi rolini oshirish bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, advokatlik faoliyatini litsenziyalash jarayoni yengillashdi, litsenziyani to‘xtatish va bekor qilish faqat sud tomonidan amalga oshirilishi belgilandi, ularga soliq yuki ikki barobar kamaytirildi, himoya ostidagi shaxslar bilan uchrashuv va sud-tergov idoralariga kirib chiqish yengillashtirildi.

Shu bilan birga, mamlakatning bugungi rivojlanish ko‘lami advokaturaga oid qonunchilikni rivojlantirish bo‘yicha islohotlarni davom ettirishni talab qiladi. Bu borada o‘tgan yili mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan ham O‘zbekistonda advokatura institutining mavqeini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yuzasidan tavsiyalar bergan.

Qayd etish kerakki, prezidentning 2019 yil 13 dekabrdagi PQ–4551-sonli “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Advokatlar palatasi tomonidan Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi tayyorlanmoqda.

Ushbu loyihada sohani tubdan isloh qilish bilan bog‘liq barcha jihatlar, shu jumladan advokatning daxlsizligini ta’minlashda ularga nisbatan tezkor qidiruv va sud-tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonida sanksiya berishni prokurorlar vakolatidan sudlarga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Yaqin kunlarda advokatlarning muhokamasi va taklif berishlari uchun Konsepsiyaning loyihasi Palataning rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi advokatlar hamjamiyatini hamda barcha sohaga aloqador idoralar va mutaxassislarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi tub islohotlarning eng muhim sharti sifatida advokatura institutining mustaqilligi va uning inson huquqlari himoya qilinishini ta’minlashdagi rolini oshirish maqsadida amaldagi qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga chaqiradi, deyiladi Adliya vazirligining Kun.uz'ga taqdim etgan ma’lumotida.
Advokat, prokuror vakolati, sanksiya




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 204
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 170
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 0
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 0
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 126
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 77
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 182
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 94
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 34
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 50
  • Bo‘limlar