“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 01:57
ЎЗO‘Z

Ishonchini oqlayotgan o‘zbek bokschilari yoxud professional va havaskor boksning farqi nimada?

28 mar, 06:50 2 986 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ishonchini oqlayotgan o‘zbek bokschilari yoxud professional va havaskor boksning farqi nimada? Bugungi kunda bir muncha professional bokschilarning havaskorlar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etishi odatiy holga aylanib qolmoqda. Ko‘pchilik boks muxlislari professional bokschilar havaskorlar uchun xavfli ekanini va ularga havaskor boksda ringga chiqishni ta’qiqlash kerakligini ta’kidlashadi.

Shu o‘rinda, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari orasida ham har ikki yo‘nalishda faoliyatini davom ettirayotgan bokschilar soni tobora ortib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston terma jamoasida ham professional boksda jang o‘tkazgan Shahobiddin Zoirov ( 3-0, 2 KO), Elnur Abduraimov (6-0, 6 KO), Sanjar Tursunov (1-0, 1 KO), Bahodir Jalolov( 6-0, 6 KO) muxlislar ishonchini oqlab kelmoqda.

Olimpiya o‘yinlarida qatnashish borasida bir necha oy oldin Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) Bobousmon Boturov bilan kuch sinashib ko‘rgan bo‘lsa, hozirda Isroil Madrimov (5-0, 5 KO), Bektemir Meliqo‘ziyev kabi professional bokschilarimiz Tokio Olimpiadasida ishtirok etish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishgan edi. Ko‘pchilik muxlislar buni ma’qullayotgan bo‘lsa, boshqalar esa ikki xil uslubdagi farqlardan kelib chiqib, professional boksdan havaskorga qaytish, bu bokschi kelajagi uchun katta tavakkal, deya baholashmoqda.

Ushbu maqolada ana shunday farqlar haqida fikr yuritmoqchimiz. Xo‘sh, professional va havaskor boksda qanday farq bor? Keling, eng muhim 3 faktorni ko‘rib chiqamiz.

1. Raundlar: Havaskor boks 3 raunddan iborat va har bir raund 3 daqiqa etib belgilangan.
Professional boksda 4, 6, 8, 10 va 12 raundli janglar bo‘ladi va har bir raund 3 daqiqa davom etadi.

2. Ochkolar: Havaskor boksda 5 ta hakam har bir raundlar bo‘yicha bokschilarni zarbasiga qarab 10 balli tizimda baholaydi va faol jang qilganga 10, sustroq bokschiga 9 ball beradi. Bokschi jang davomida ketma-ket zarbalar o‘tkazib yuborsa, konsentratsiyani yo‘qotsa yoki zarba natijasida ringga yiqilsa, hisob ochiladi va bu bokschidan hakamlar 1 ball ayirib tashlashadi. 3 raund yakuniga ko‘ra, 5 ta hakam umumiy hisobda kimga ustunlik berganligiga qarab, g‘olib aniqlanadi. Professional boksda ham raundlarda 10-9 hisobi orqali ustunlik aniqlanadi. Ammo, qachonki bokschining ikki oyog‘idan tashqari, 3-nuqtasi yerga tekkandagina (yiqilsagina) nokdaun qayd etiladi. Ba’zan bokschilar raundlar bo‘yicha, teng ustunlik qilsa, durang natija ham qayd etiladi.

3. Uslub (eng muhimi): Havaskor boksdagi tajriba professionalga poydevor bo‘la oladi. Professional ringda uslub moslashtirilishida qo‘l keladi va bir muncha tezroq chempionlik janglariga chiqish uchun zamin yaratib beradi. Lekin professional boks boshqa uslub, undan havaskorga qaytgan bokschi anchagina qiynaladi. Xususan, 2016 yil Rio Olimpiadasida professional boksda 20 dan ortiq jang o‘tkazgan jahon chempionlari Hassan N'dam N'jikam va Ammat Renroyeng hattoki medal ham ola bilishmadi. Chunki, professional boksda 12 raundli jangga tayyorgarlik boshqacha, ya’ni 1, 2, 3-raundlarda bokschi nisbatan, kuchini tejab harakat qiladi, sekinroq ishlaydi va aniq yo‘llangan zarbalar soni kamroq bo‘ladi.

Shu uslubdan havaskorga qaytgan bokschi 3 raundlik tezkor ochkoga to‘plash, ko‘p zarba berish kerak bo‘lganda konsentratsiyani yo‘qotib qo‘yadi, harakatlari sekinlashib qoladi. Natijada, himoyada yaqqol xatolar ko‘payadi. Havaskorda tezkor zarba almashilish bilan birgalikda himoyani ushlash va zarba o‘tkazib yubormaslik muhim! Professional boksda esa, bu boshqacharoq, aniq va kuchli zarbaga 12 raund ishlanadi. Zarba kuchi ham professional boksda yuqori bo‘ladi. Qo‘lqoplar yupqaroq bo‘lib, bokschining deyarli 70-80 foiz asl zarba kuchi saqlanadi. Havaskorda qo‘lqop qalin, zarba kuchi 40-50 foizga kamayib ketadi.

Shu sababdan ham havaskor boksda nokautlar professional boksdagidan ko‘ra kamroq bo‘ladi. Bunday qo‘lqop bilan ishlash ham professional uslubni egallagan bokschiga noqulaylik tug‘diradi. To‘g‘ri Zoirov, Jalolov kabi bokschilar havaskor boksga qaytib yuqori natijalarga erishishmoqda. Chunki, ular hali to‘laqonli professional boksga o‘tib, 8, 10 raundlik janglarga tayyorgarlik va moslashish jarayonlarini olib borishgani yo‘q. Ularda hamon havaskor boks havosi saqlanib qolgan.

Ammo G‘iyosov, Madrimov, Meliqo‘ziyev kabi ko‘p raundli janglarda ringga chiqqan bokschilarimiz havaskorga qaytib, yuqori darajada moslashishlari uchun kamida 3, 4 oy musobaqalarda qatnashishlari va havaskor boksga qayta ixtisoslashishlari kerak bo‘ladi. Ular hozirda professional boksda yuqori reytingda va chempionlik janglariga yaqin turgan holatda havaskor boksga qaytib, ko‘p muddat, vaqt yo‘qotishlari esa professional faoliyatlarida katta tanaffus qilishlariga olib keladi.

Qolaversa, bunday qaytish ularning karerasi uchun ham tavakkal hisoblanadi. Havaskor musobaqalardagi hakamlik va moslashuv jarayonidagi kamchiliklar nuqtai nazartdan musobaqada imkoniyat boy berib qo‘yilishi ehtimoli yuqoriroq. Ammo professional boksdan havaskorga o‘tgan bokschida faqatgina bitta ustunlik bor, bu jismoniy holatdir. 12 raundlik jangda ishlagan bokschi 3 raund nisbatan charchamay harakat qiladi.

Albatta, bu shunchaki tahlil. Asl reallik esa ko‘p jihatdan bokschining potensialiga ham bog‘liq. Bizda hozircha shular. Bizni kuzatishda davom eting.

Jalol Ahmedov




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 0
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 0
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 49
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 49
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • Bo‘limlar