“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2020, 12:49
ЎЗO‘Z

Sof sevgining azobi

27 mar, 08:40 2 617 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sof sevgining azobi Muhojirlar haqidagi real voqeilikda ro‘y bergan hikoyalarimiz bilan tanishtirishda davom etamiz. Men xizmat safari yuzasidan tashrif buyurgan davlat shu qadar qiziqarli ediki, har kuni o‘zingiz uchun biror narsa kashf qilishingizga shubha yo‘q edi. Yer yuzidagi hamma millat vakillari aynan Nyu Yorkka yig‘ilgandek. Atrofda turli millat odamlari, o‘z zabonlarida so‘zlashishi, kiyinish madaniyati barchasi e’tiboringizni tortmay qo‘ymaydi. Ayniqsa, bizga qo‘shni davlatlar hisoblanmish Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan kelgan muhojirlar juda ko‘p edi. Bugungi hikoyam Qozog‘istondan tashrif buyurgan Bulat ismli bastakor yigitning boshidan kechirganlari haqda.

Bulat bilan biz efirga tayyorlanayotgan yangi radioloyihasi yuzasidan uchrashdik. Har doimdagidek men uni gapga tutdim. U juda xotirjam, yuzida tabassum bilan hikoyasini boshladi. Avvaliga bu yerda birdaniga omadni quchganlar ham bor ekanku, degan fikr xayolimdan o‘tdi-yu, vaqt o‘tib bu tabassum ortida ko‘rgiliklar yashiringanligini bilib oldim…

Bulat o‘z diyorida juda taniqli bastakorlar qatoriga kirarkan, shuningdek u xonandalik borasida o‘z iqtidorini xalqaro tanlovlarda sinab ko‘rganida xattoki Gran Pri sohibi bo‘lganligi aniqlandi. U kompyuterga yaqinlashib internet tarmog‘idan tanlovni menga topib, uni tomosha qilishga taklif qildi. Ishoning, bu yigit haqiqatdan sohir ovoz egasi ekan. Shuningdek, bizning mashhur san’atkorlarimizdan bir nechtasiga ham kuy bastalagani ma’lum bo‘ldi. U o‘z faoliyati haqida so‘zlar ekan, ko‘zlari yonar, mening qiziqishim unga tobora ilhom bag‘ishlardi.

Men esa o‘z davlatida mashhur bastakor va xonanda bu yerga qaysi vajdan kelganini bilishga oshiqardim. U biroz o‘ylanib turdida, ichidagini to‘kib-sochishga qaror qildi. O‘zga yurtda sizni tinglay oladigan, tushunadigan odamni borligini o‘zi katta baxt hisoblanadi. Bulat ana shunday baxtni tuyib turardi. Men ham uni diqqat bilan tinglashda davom etdim. Bulat moddiy boylik uchun emas, o‘qish uchun ham emas balki, birinchi muxabbatini izlab kelgani ma’lum bo‘ldi. U o‘z yurtida Aysu ismli qizga oshiq bo‘ladi, ular do‘stlashishadi.

Biroq, Bulatning otasi bu nikohga qarshi chiqadi. Tushkunlikka tushgan qiz, xorijda o‘qish istagida sinovlarni topshira boshlaydi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan Aysuga Qo‘shma Shtatlarda o‘qish uchun taklif xati keladi. Qiz yaqinlarini ko‘ndirib, Bulat bilan xayrlashmay ham o‘qishga jo‘nab ketadi. Aysuni bunday qaroridan hayron qolgan Bulat qizni dugonalaridan qayerga ketganini, o‘qish manzilini surishtira boshlaydi. Bulat juda uzoq davlatga boshini olib ketgan Aysuni izlab topishga ahd qiladi. Ota-onasi, hamkasblari shuncha urinsalar hamki, uni bu yo‘ldan qaytara olmadilar.

Nyu–Yorkka yetib kelgan Bulat avvaliga biror ishni boshidan tutib, biroz vaqt o‘tgach Aysuni oldiga borishga niyat qildi. Aysu Amerikaning Pensenvaliya shtatining Pitsburg shahrida edi, bu Nyu-Yorkdan avtobusda 9 soatlik yo‘l. Ish surishtirib, Ukrainlar ochgan restoranga ofitsiantlik lavozimiga ishga joylashadi. Oliy ma’lumotli, iste’dodli bastakor-xonanda uchun bu ish erish tuyulmadi. Uning xayolida Aysu bilan tezroq uchrashish, uning visoliga yetishish fikri charx urardi. Ish vaqti 10-12 soatni tashkil qilardi. Bulat ishdan so‘ng juda toliqar metrodan so‘ng avtobusga minib 1 soat deganda uyiga yetib kelardi.

Ijarada u uyning egasi, yoshi 60 lardan oshgan rus ayoli bilan bilan birga yashardi. Ayol juda mehribon va muomilali edi. Bulatni o‘z o‘g‘lidek ko‘rardi. Bulatning xorijdagi hayoti boshqa muhojirlarnikidan farq kilmasada, ishlayotgan restoranida boshqaruvchining ishchilari bilan qilayotgan muomilasi yoqmasdi. Har kuni kamsitilishlar, haqoratlar uning joniga tekkandi. Bulat tishini-tishiga qo‘yib, boshqa shtatdan muhabbatini topish uchun pul kerakligini tushunib bu noxushliklarga e’tibor qilmaslikka harakat qilardi. Ofitsiant mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan birga, sal bo‘sh qoldimi unga turli xil boshqa vazifalar topshirilardi.

Ana shunday topshiriqlardan biri maxsus asbobda sabzavotlarni kesish edi. Avvaliga bu asbobdan foydalanish anchagina mushkul ko‘rinadi. Sababi biror extiyotsizlik tufayli asbobning o‘tkir tig‘lari qo‘lingizni olib ketishi hech gap emasdi. Shuning uchun bu asbobda ishlashdan hamma bezillab turardi. Bulatga o‘xshab yaqindagina ishga joylashgan Rossiyalik Pyotr shu asbobda ishlamaslik uchun turli bahonalar topardi. Bir kuni u Bulatni baland ovozda chaqira boshladi. Bulat tezda asbobda sabzavotlar chiqaradigan maxsus hujra xonaga yugurdi. Pyotrning yoniga tushganida uning rangida–rang qolmagandi.

Avvaliga Bulat uning qo‘llariga biror narsa bo‘ldi shekilli, deb o‘yladi. Keyin ma’lum bo‘ldiki, u 6 kgdan ortiqroq piyozni noto‘g‘ri shaklda asbobdan chiqargandi. U hozirning o‘zida boshqaruvchi kelib, uni ishdan haydab yuborishidan qo‘rqib turardi. Bulat uni tinchlantirishga harakat qilardi. Haqiqatdan boshqaruvchi voqea joyida bir zumda paydo bo‘ldi. Asbob yonida Pyotr dir-dir titrab turardi. Boshqaruvchi Pyotrga keyin idishdagi piyozlarga va Bulatga olazarak bo‘lib qaradi.
– Senlardan foyda ko‘rish o‘rniga zarar ko‘rish osonroq, piyozni rasvo qilibsanlarku.

Pyotr asbobdan uzoqlashdi.
– Buni men rasvo qildim, dedi pichirlab.
– Yo‘q, buni Bulat qilgan, sen esa uni himoya qilmoqchisan. Shundaymi?
– Yo‘q, men, men…

Bulat boshqaruvchi uni yoqtirmasligini bilardi, biroq bu safargi tuhmat o‘tib tushgandi. U boshqaruvchini yoniga yaqinlashib:
– Menda ham bunday holat bo‘lgan, lekin bu safar buni men qilmadim.
– O‘chir ovozingni, tiling chiqib qolibdi seni o‘zi. Sen qilgansan dedimmi demak sen, deb o‘shqirdi boshqaruvchi.

Bulat qo‘llarini musht qildida boshqaruvchini chakkasiga jon-jahdi bilan tushirdi. Buni kutmagan boshqaruvchi o‘zini o‘nglay olmay yiqildi. Bulat kurtkasini oldida tashqariga otildi. Kechasi ko‘ziga uyqu kelmas, ish kunlari uchun xaqqini olib, u yerga boshqa qadamini bosmasliginani o‘ylardi. Tong otib ishga kelganida boshqaruvchi uni xushmuomilalik bilan qarshi oldi. U Bulatga hech narsa bo‘lmagandek ishini davom ettirishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Voqea bunday tus olishini kutmagan Bulat yana ishga sho‘ng‘idi. Ish kunlarining birida boshqaruvchi unga katta muzlatgich xonadan (restoranlarda go‘sht, sabzavot va mevalar o‘ta sovuq maxsus xonalarda saqlanadi) go‘sht olib chiqishni buyuradi. Bulat juda qalin bo‘lgan temir eshikni ochib muzlatgich xonaga kirib eshikni yopadi. Xona shu qadar sovuq ediki, bu sovuq bir zumda Bulatning suyagigacha o‘tib ketishga ulgurdi. Idishga go‘shtlarni joylagan Bulat tezroq xonadan chiqishga shoshildi.

Eshikni tutqichidan tashqariga itardi, koshki ochilsa, yana, yana urindi eshik qulflanib qolgandi. Bulat “men qulflanib qoldim, eshikni ochinglar”, deb baqira boshladi. Hech kim yordamga kelmadi. Shunda u muzlatgich xonadagi kuzatuv kameralarga ko‘zi tushdi, restoranning deyarli hamma yeriga kameralar o‘rnatilgandi. U kamera qarshisiga kelib uni qutqarishlarini gapirar, qo‘llari bilan ham tushuntira boshladi. Qani endi kimdir yordamga kelsa. U taxminan 50 daqiqa muzlatgich xonada qolib ketdi. U sovuqdan xushidan ketay deganida eshik asta ochildi. Eshik yonida Pyotr turardi…

O‘sha kuni kechasi Bulatning harorati 41-42 darajaga ko‘tarildi. Baxtiga uy egasi uni tuni bilan davolashga urindi. Dori-darmon, peshonasiga xo‘llangan lattani damba-dam qo‘yib turdi. U yana 2 kun isitmaladi. To‘rtinchi kuni u boshini ko‘tardi, ishtahasi ochilgandek bo‘ldi. O‘ziga kelib, bo‘lib o‘tgan voqeani surishtirganida muzlatgich xonaga kirayotgan odamni zinhor va zinhor eshikni yopish mumkin emasligi aks holda eshik qulflanib qolishi mumkinligi haqida albatta ogohlantirilishi lozimligi ma’lum bo‘ldi. Bu ishlarning boshida alamzada boshqaruvchi turganini angladi. Bulat boshqa u yerga ishga bormadi.

Aysuni oldiga otlangan Bulat sovg‘alar tayyorladi. Sovuq, qor… 9 soatlik yo‘l. Nihoyat, Bulat Pitsburg shahriga yetib keldi. Qishki ta’til bo‘lgani bois Aysuni universitetdan qidirish befoyda, uni ishlaydigan do‘konini nomini biladi xolos. Yashash manzili, do‘kon manzilini bilmaydi. Faqatgina birgina ma’lumot shahar va do‘konning nomi. Yo‘ldan kelib 5 soat qidirish samara bermadi u charchagani bois joylashgan mehmonxonasiga qaytdi. Erta tongdan qidiruv davom etdi va nihoyat do‘konni nomini surishtira-surishtira uni topdi, do‘konda ne ko‘z bilan qarasin Aysuni ko‘rdi. Aysu esa uni:
– Sen bu yerda nima qilyapsan? deb sovuq ohangda qarshi oldi.
– Men seni izlab keldim Aysu. Sen uchun keldim, hammasini tashlab keldim.
– Bekor qilibsan, bular befoyda. Yo‘limiz boshqa-boshqa…

Bulat shuncha urinmasin Aysuni ko‘ndira olmadi. Qizni bu shahar qisqa vaqt ichida butunlay o‘zgartirib yuborgandi. Ilojsiz Bulat pulsiz, Aysuni muxabbatisiz yana Nyu-Yorkka qaytib keldi.

Men undan:
– Endi yurtingizga qaytasizmi? deb so‘rasam u:
“Men bilmayman” deb javob qaytardi. U hamon tushkunlikda edi…

Manba: Vatandosh.uz



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Tabassum qil... har dam! 18 yanv, 11:00
  • Loyiq bo‘lmagach... 04 noya, 14:06
  • Bizga milliy birlik va totuvlik kerak 14 sen, 19:12
  • Nega tabassumni sadaqa deyilgan? 27 iyun, 14:43
  • Bilakdagi qizil ipning manosi nima? 13 okt, 08:15
  • O‘z eshigingizni tanlang va oldinda sizni nimalar kutayotganini bilib oling! 04 noya, 00:36
  • So'nggi yangiliklar
  • Sanjar Tursunovning 60 metrdan urgan super golini tomosha qiling (video) 08 iyul, 12:20 0
  • "Milan" "Yuventus"ga qarshi o‘yinda super kambekni amalga oshirdi (video) 08 iyul, 12:08 0
  • Amerikaliklar Mustaqillik kunini mashinalarni jarlikdan uloqtirib nishonladi (video) 08 iyul, 11:45 72
  • «Kasallik avj olsa, tibbiyot og‘ir vaziyatga tushib, boshqa yo‘nalishdagi yordamlar to‘xtashi mumkin» – Alisher Shodmonov 08 iyul, 11:24 211
  • Davlatga xiyonatda ayblanayotgan jurnalist: Rossiyada harbiy mavzularda qalam tebratgan Safronovni FXX hibsga oldi 08 iyul, 11:00 120
  • Toshkentda 64 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi 08 iyul, 10:41 269
  • Trampning jiyani o‘z kitobida prezident amakisi haqidagi sirlarni oshkor qildi 08 iyul, 10:30 334
  • Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar soni keskin o‘sdi 08 iyul, 10:09 724
  • JSST koronavirus kelib chiqishi manbayini aniqlash uchun Xitoyga mutaxassislarni jo‘natadi 08 iyul, 09:50 232
  • Pandemiya sharoitida Haj mavsumini tashkil etish qoidalari belgilandi 08 iyul, 09:27 270
  • Andrey Kanchelskis: "Ismini aytmayman, u kabi futbolchilarni endi maydonga tushirmayman" 08 iyul, 09:07 419
  • Qozog‘istonda dori-darmon ajiotaji boshlandi. Toqayev fuqarolarni sarosimaga berilmaslikka chaqirdi 08 iyul, 08:46 533
  • Bo‘limlar