“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 20:16
ЎЗO‘Z

Yurt boshiga kelgan vaboni o‘zi bilan olib ketgan eshon

27 mar, 07:18 7 596 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurt boshiga kelgan vaboni o‘zi bilan olib ketgan eshon Sevimli adibimiz O‘tkir Hoshimovning ajdodlari haqidagi xotiralarini havola etamiz.
Har kimning ajdodlari orasida ulug‘ insonlar bo‘lishi mumkin. Men ham tarixda ezgu ishlar bilan nom qoldirgan bobokalonlarim bilan faxrlanaman va bu haqida aytsam gazetxonlar to‘g‘ri tushunadi, degan umiddaman.

Toshkentda, Oliy Majlis binosi yonida, Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ida qadimiy madrasa bor — Abulqosimxon madrasasi. Bu madrasani 1850 yili bunyod etgan zoti sharif — Abulqosimxon eshon mening babokalonim bo‘lgan ekanlar.

Abulqosimxon eshon 1865 yilda Chor Rossiyasi Toshkentni istilo qilganida, shahar himoyachilari safida bo‘lgan.

O‘sha paytda chiqadigan «Turkiston viloyati gazeti»ning muharriri, tarixchi olim Nikolay Ostroumov o‘zining bir qancha kitoblarida Toshkentdagi yorqin siymolar, jumladan, Abulqosimxon eshon haqida g‘alati va qiziqarli dalillarni yozib qoldirgan. U 1885 yili Abulqosimxon eshon bilan qilgan suhbati haqida bunday deb yozadi: «Men u kishi bilan turli masalalar hiqida ikki soat suhbatlashdim. O‘zi olim kishi bo‘lgani uchun o‘quvchilarga tarbiya berish niyatida o‘z yonidan o‘ttiz ming so‘mga yaqin pul sarflab, Beshyog‘och dahasidagi hovlisi yonida pishiq g‘ishtdan madrasa bino etgan.
Madrasada ba’zan yuz, ba’zan ellik talaba o‘qishi uchun yiliga ikki ming so‘m sarflaydi. Men Turkiston general-gubernatorining ijozat bilan 1885 yil 22 iyunda o‘lkada daraxtlar va gullarni yaxshi parvarish qilish borasida ko‘rgazma uyushtirayotganimizni aytganimda Abulqosimxon eshon «Darvoqe, dehqonchilikka mashg‘ul bo‘lmoq Xudoyi taoloning karomatidur. Marhum qiblagohimdan menga pul qolgan emas. Mazkur madrasani va anda bo‘ladurg‘on tamomiy xarajatlarni dehqonchilikdan hosil qilib turibman», deb bizga javob qaytardi…»

Ostroumov u zoti sharifning yana bir ibratli fikrini yozib qoldiradi:
«Odamzotning nafsi taomsiz o‘lganidek, ilmsiz odamning dili o‘likdir!»

1892 yili Toshkentda vabo kasali tarqaladi. Muttasil ko‘payib borayotgan soliqlardan tinkasi qurigan, istilolar zo‘ravonligidan toqati toq bo‘lgan xalqqa vabo ortiqcha edi. Shundanmi, xalq oyoqqa turadi. Shu tariqa «Vabo qo‘zg‘oloni» nomi bilan tarixga kirgan milliy ozodlik harakati boshlanadi. Chor lashkarlari Eski shaharga bostirib kiradi. Shunda Abulqosimxon eshon muqarrar o‘limni bo‘yniga olib, general-gubernator Vrevskiyga juda mantiqli ariza yozib, qabuliga kiradi. Unga bu ikki tomon uchun ham fojeaga olib kelishini anglatadi. Shu tariqa chor askarlari shahardan olib chiqiladi.

Yana bir ibratli voqea. 1892 yil 30 iyun kuni Abulqosimxon eshon Xo‘ja Ahror Jome masjidida ming-minglab odamlar oldida «Tarixda Shoh Bobur o‘g‘li Humoyun o‘limini Allohdan tilab oladi. Men Allohdan vabo balosini o‘zimga tilab olmoqchiman», deydi.

Bu hayratomuz hodisa N.Ostroumovning «Fon Kaufman — Turkiston o‘lkasining tashkilotchisi» kitobida shunday tasvirlanadi: «Munkillagan yoshda so‘nggi kunlardagi voqelardan («Vabo qo‘zg‘oloni»dan, demoqchi) qattiq larzaga tushgan muhtaram Abulqosimxon shundan so‘ng tezda — 4 iyulda vabo kasalligidan vafot etdi. Qiziqarlisi shundaki, shundan keyin vabo barham topganini toshkentlik sartlar uning vafotiga nisbat berishdi…»

Manba: vatandosh.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 80
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 133
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 58
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 32
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 11
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 31
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 73
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 151
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 80
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 46
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 63
  • Bo‘limlar