“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:15
ЎЗO‘Z

Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga ta’siri

26 mar, 22:33 4 910 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga ta’siri S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra Koronavirus pandemiyasining jaxon iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishiga va bu holat global iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarishi prognoz qilinmoqda.

2020 yil boshidan jahon iqtisodiyotining o‘sishi 1-1.5% ni tashkil qildi. Koronavirus pandemiyasi sharoitida rivojlangan davlatlar global iqtisodiy o‘sish sur’atlarida pasayish kuzatildi.

Xitoy hukumati tomonidan 16 mart kuni e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2020 yilning dastlabki ikki oyida sanoat ishlab chiqarishining pasayishi so‘nggi 30 yil davomida kuzatilgan eng salbiy ko‘rsatkich bo‘ldi. Yanvar-fevral oylarida sanoat ishlab chiqarishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 % ga pasaygan. Ushbu iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishi kutilganidan ham yomon bo‘ldi, jumladan, savdo sohasida 20,5 % ga, asosiy kapitalga investitsiyalar esa 24,5 % ga pasaygan. Shuningdek, Xitoydan eksport qilish hajmi yanvar-fevral oylarida 17,2 %ga kamaygan.

AQSH Federal Rezerv Tizimi (FRT) qayta moliyalash stavkasini 15 mart kuni 0.25% gacha pasaytirdi. AQSHda qayta moliyalash stavkasini bu darajada pasayishi faqat 2008 yilning dekabrida yuz bergan. 2008 yilgi global moliyaviy inqirozning avj paytida, FRT o‘z tarixida ilk bor qayta moliyalash stavkasini 0-0.25% gacha tushirgan edi.

Bundan tashqari, FRT mamlakat iqtisodiyotini koronavirus pandemiyasi ta’siridan himoya qilish uchun bir qator qo‘shimcha choralarni ham e’lon qildi. FRTning fond bozorlarini rag‘batlantirishga qaratilgan choralariga qaramay, FRT qarori e’lon qilingan kunning ertasi kuni, AQSH fond bozorida aktiv va indekslar narxlari keskin pasaydi. Ushbu indekslarning qiymati qariyb 30% ga pasayib, so‘nggi 3 yil ichida eng past ko‘rsatkichlarga tushib ketdi.

Osiyo davlatlari birjalari ham koronavirusdan ko‘proq zarar ko‘rdi. Xususan, Janubiy Koreyaning 200 ta eng yirik kompaniyalarning aksiyalaridan tashkil topgan KOSPI 200 indeksi esa so‘nggi 10 yillik minimum darajasiga tushib ketdi.

Shuningdek Yevropa mamlakatlari Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya fond birjalari ham koronavirus pandemiyasi ta’siridan zarar ko‘rdi.

Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Koronavirus pandemiyasini global iqtisodiyotga va moliyaviy bozorlarga ta’sirini barqarorlashtirish uchun bir qancha dasturlar ishlab chiqilib joriy etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 19 mart kuni Yevropa Markaziy banki (YEMB) Koronavirus pandemiyasi tufayli moliya bozorlarda vujudga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Pandemic Emergency Purchase Programme deb nomlangan dasturni e’lon qildi. Ushbu dastur fond bozori ishtirokchilaridan umumiy 750 milliard yevro miqdorida davlat va korporativ obligatsiyalarini sotib olishni ko‘zda tutadi. Yevropa Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, ushbu choralar Yevropa moliyaviy bozorlaridagi vaziyatni barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

Global iqtisodiy tiklanish
Oxford Economics tadqiqot markazi ekspertlarining fikriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi qattiq nazorat ostiga olinganidan so‘ng global iqtisodiy tiklanish jarayoni boshlanishi mumkin. Ekspertlar qisqa muddatli epidemiyalarning global iqtisodiy o‘sishga ta’sirini tahlil qilish natijasida bu xulosaga kelishgan. Masalan 2003 yildagi SARS atipik pnevmoniyasi va 2009 yildagi cho‘chqa grippi pandemiyasining oqibatlari o‘rganilgan.

Ekspertlar pandemiyaning salbiy ta’siridan so‘ng global iqtisodiy tiklanishning tez va keng bosqichi boshlanadi degan xulosaga kelishdi.

D Anvarova,
Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat
tadqiqot instituti mas’ul xodimi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi 25 mar, 23:13 73
  • Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi 25 mar, 18:20 64
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: Bitcoin narxi pasaydi va boshqa o‘zgarishlar 24 mar, 21:29 57
  • O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi 22 mar, 10:08 117
  • Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi 19 mar, 20:07 67
  • Soliq organlari ayrim huquqlardan mahrum bo‘lmoqda 19 mar, 12:22 179
  • So'nggi yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 0
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 12
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Bo‘limlar