“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 23:39
ЎЗO‘Z

“Mash’al”ning nigeriyalik legioneri: "Agar pulni o‘ylaganimda O‘zbekistonga kelmasdim"

26 mar, 19:27 3 644 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Mash’al”ning nigeriyalik legioneri: "Agar pulni o‘ylaganimda O‘zbekistonga kelmasdim" Muborakning “Mash’al” jamoasi yangi mavsum oldidan ikki nafar afrika qit’asi vakillari bilan shartnoma imzoladi.
Bular kamerunlik Ella Ken Armand va nigeriyalik Ifeani Ifeani. Nigeriya fuqarosi bo‘lgan Ifeani birinchi turda “Sug‘diyona”ga qarshi kechgan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va chakki taassurot qoldirmadi. Yaqinda ushbu futbolchi bilan bog‘lanib klub haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

“Mash’al” ajoyib klub. Menga bu jamoa qiziqarli tuyuldi. Shuning uchun hozirda ijobiy fikr bildirishim mumkin. Jamoa rahbarlari, murabbiylari va futbolchilar o‘rtasidagi aloqa samimiy ekanligini ko‘rdim. Ahillik va ishonch bor joyda o‘sish kuzatiladi. Ushbu jamoaning taklifini qabul qilishimning asosiy sababi klub direktori meni jamoasida ko‘rishni istadi. Agentlarim O‘zbekistondan qiziqish borligini aytishdi. Moliyaviy tomonini o‘ylaganim yo‘q. Agarda pulni o‘ylaganimda bu yerga kelmasdim.

O‘zbekistonga kelgunimga qadar chempionat darajasi va saviyasi past deb o‘ylardim. Lekin, ko‘rib vaziyat va holat butkul boshqacha ekanligiga guvoh bo‘ldim. Ochig‘i, jamoalarning o‘zaro kurash olib borishi, stadionlarga ko‘plab muxlislarni tashrif buyurishi hayron qoldirdi.

Xorijdagi aksariyat uchrashuvlar bo‘sh stadionlarda o‘tadi. Chempionatning ochilish o‘yinida murabbiy menga ishonch bildirdi. Hayajon va bosimni yengib maydonga tushdim. Debyut o‘yin men uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. “Bunyodkor” bilan bahsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida jarohat oldim, shu sababli qolgan o‘yinlarda ishtirok etmadim. Hozir yaxshiman”, - deydi Ifeani.

Abdulaziz Iskandarov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 0
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 0
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 0
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 1
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 28
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 56
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 56
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 45
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 54
  • Bo‘limlar