“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:07
ЎЗO‘Z

Bayden AQSH prezidenti lavozimi uchun yerto‘ladan kurash olib bormoqda

26 mar, 09:06 3 401 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bayden AQSH prezidenti lavozimi uchun yerto‘ladan kurash olib bormoqda Foto: AP
AQSHning sobiq vitse-prezidenti, Demokratlar partiyasidan AQSH prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lish huquqi uchun kurashayotgan Jo Bayden siyosiy faoliyatini o‘z uyi yerto‘lasidan olib borishga majbur bo‘lmoqda.
Bu haqda The Washington Post'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Bu maqsadda Bayden tomonidan hordiq chiqarish uchun qo‘llangan yerto‘la televizion intervyular va videomurojaatlar olib borishga mo‘ljallangan studiya ko‘rinishiga keltirilgan. Nashrning ta’kidlashicha, bu yerda yozilayotgan kontentni sifatli deb bo‘lmaydi: Baydenning murojaati yozilgan fon yomon yoritilgani sababli, hattoki siyosatchining ba’zi tarafdorlari ham videoni terrorchilar ishtirokidagi videoga qiyoslashgan.

Shuningdek, Bayden videoanjuman formatini qo‘llashga uringan. Biroq OAVda bu urinish ham muvaffaqiyatsiz deb topilgan, chunki translyatsiya texnik muammolar bilan borgan va Facebook Live’da bor-yo‘g‘i 4 daqiqa davom etgan.

Noyabrda 78 yoshni qarshilaydigan siyosatchi AQSHda koronavirus epidemiyasi sababli bir necha haftadan beri o‘z uyida karantinga amal qilmoqda. Bu esa unga prezidentlik kampaniyasini olib borishida qiyinchilik tug‘dirmoqda. 17 martdan 23 martgacha esa Bayden umuman ko‘rinish bermagan. Bu orada amaldagi prezident, respublikachilardan asosiy nomzod Donald Tramp aksincha har kuni brifinglar o‘tkazmoqda va intervyular bermoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lish uchun kurashda yetakchilik qilayotgan Baydenni 1215 ovoz beruvchi delegat, uning raqibi senator Berni Sandersni 910 delegat qo‘llab-quvvatlamoqda. Saylovlarda ishtirok etish uchun 1991 delegatning roziligini olish lozim. Respublikachilar orasida esa so‘zsiz Tramp yetakchilik qilmoqda.
Bayden, prezident, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 173
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar