“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 01:55
ЎЗO‘Z

Havoning isib ketishi koronavirusga ta’sir qilmasligi mumkin

26 mar, 06:00 6 039 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Havoning isib ketishi koronavirusga ta’sir qilmasligi mumkin Foto: Getty Images
Ob-havo sharoitlari koronavirusning tarqalishiga ta’sir qilmaydi, deb yozadi Italiyaning Il Giornale nashri.
Virusolog Roberto Burioni havoning isib ketishi natijasida pandemiya pasayadi degan taxminlarga qo‘shilmadi. Mutaxassis fikriga ko‘ra, virusga qarshi kurashda davlatlar tomonidan qabul qilingan cheklov choralari samarali xolos.

Uning ta’kidlashicha, iliq kunlar kelishi bilan barcha respirator kasalliklar haqiqatdan ham kamroq yuqadi, havodagi so‘lak tomchilari esa tezroq bug‘lanib ketadi. Ammo bu narsalarning hozirgi vaziyatga aloqasi yo‘q.

Qayd qilish joizki, Bikokka Milan universiteti, Rim universiteti III va Keti-Peskara universiteti olimlari ham shunday xulosaga kelishgan. Ular Uxan, Lombardiya, Venetoda COVID-19 bilan xastalangan odamlar miqdorini taqqoslab ko‘rishgan va ularning sonini bu hududlardagi ob-havo sharoitiga bog‘liqligini aniqlashmagan.

Italiyalik olimlar infeksiyaga qarshi kurashda iliq ob-havo sharoitining foyda berishi haqidagi taxminni atipik pnevmoniya bilan taqqoslash natijasida yuzaga kelgan deb hisoblashmoqda. 2002 yil oxirida boshlangan bu virusning epidemiyasi 2003 yil o‘rtalariga kelib so‘nib qolgan edi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, o‘sha epidemiyani hozirgisi bilan taqqoslash o‘rinli emas.

Hozirgi vaqtda koronavirus 170ta mamlakatda aniqlandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, xastalanganlar soni 350 mingdan oshdi. Shulardan 16 mingdan ortig‘i vafot etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 49
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • Bo‘limlar