“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 16:58
ЎЗO‘Z

Yevropaning eng boy odami bir kun ichida rekord darajada boyidi

25 mar, 23:58 5 115 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yevropaning eng boy odami bir kun ichida rekord darajada boyidi Foto: AP Photo/Michel Euler, Pool
Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) kompaniyalari guruhi prezidenti, Yevropaning eng boy odami Bernar Arno o‘z boyligini bir kun ichida 11,3 mlrd dollarga ko‘paytira oldi.

Bloomberg axborot agentligining yozishicha, bunga fond bozoridagi ijobiy dinamika sabab bo‘lgan. Bozordagi vaziyat sababli bunday o‘sish tarixiy rekord hisoblansa-da, Arnoning umumiy boyligi joriy iqtisodiy inqirozgacha bo‘lgandagidan ancha kamroqni tashkil qilmoqda.

Eng boy yevropalik koronavirus epidemiyasi va neft qadrsizlanishi bilan bog‘liq vaziyat oqibatida bozorlar qulashidan eng ko‘p aziyat chekkan. 2019 yil yozida uning boyligi 100 mlrd dollardan ko‘proqqa baholangan. Biroq joriy fevralda Arno superboylar (boyligi 100 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiluvchi boylar) qatoridan chiqib ketdi. 25 mart holatiga ko‘ra, uning boyligi 70 mlrd dollarga baholangan.

Shuningdek, amerikalik sarmoyachi Uorren Baffetning kapitali fond bozoridagi o‘sish natijasida yana 6,5 mlrd dollarga, Inditex asoschisi, ispaniyalik biznesmen Amansio Orteganing boyligi esa 5,9 mlrd dollarga ko‘paygan.

Oxirgi bir oy ichida dunyoning eng boy 20 odamining umumiy boyligi koronavirus epidemiyasining bozorlarga ta’siri natijasida 300 mlrd dollarga kamaygandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 0
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 2
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 42
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 19
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 78
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi 18 apr, 12:46 411
  • So'nggi yangiliklar
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 0
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 2
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 11
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 42
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 19
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 77
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 17
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 68
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi 18 apr, 12:46 410
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 75
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 141
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 44
  • Bo‘limlar