“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 10:08
ЎЗO‘Z

SSV bemorlar ahvoli og‘irligini bildirgan va «rizolik so‘ragan» tibbiyot xodimi videosi bo‘yicha izoh berdi

25 mar, 20:55 5 356 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
SSV bemorlar ahvoli og‘irligini bildirgan va «rizolik so‘ragan» tibbiyot xodimi videosi bo‘yicha izoh berdi Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan telegram kanallari orqali kiyimiga va so‘zlariga qaraganda tibbiyot xodimi bo‘lgan, ammo o‘zini tanishtirmagan ayolning qisqa videosi tarqalmoqda. Shifokor yoki hamshiraligi noma’lum bo‘lgan bu ayol «bemorlar ahvoli og‘irligi»ni aytadi va o‘z yaqinlariga «rozilik so‘rash» ma’nosida yig‘lab so‘zlaydi.

«Hammanglar rozi bo‘linglar bizdan, yaxshi o‘tiringlar, kimnidir xafa qilib qo‘ygan bo‘lsam xafa bo‘lmanglar. Yaxshi yuringlar, duo qilib o‘tiringlar. Kasallarimiz yaxshi emas, issig‘i chiqib qaltirayapti, hammanglar yaxshi o‘tiringlar», deydi ayol. Orqada bola yig‘isi eshitilayotgan bu maskan aynan qaysi shifoxona ekani bilinmagan.

Shu kunlardagi vaziyatdan kelib chiqib, ko‘pchilikning xayoliga birinchi navbatda koronavirusga chalingan bemorlar kelishi tabiiy. Ammo ayolning liboslari tibbiy bo‘lsada, maxsus kiyimlar emas, ya’ni aksariyat bemorlar saqlanayotgan virusologiya ilmiy tekshirish instituti xodimlariniki bilan bir xilmas. Qolaversa, bu muassasaning xodimlaridan kimdir shunday yo‘l tutishiga ishonish qiyin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun, 25 mart holatiga umumiy bemorlar soni 56 nafar ekani, ulardan 4 nafari og‘ir ahvoldaligi, ammo o‘ta og‘ir ahvolda emasligini bildirgandi (tibbiyotda og‘ir va o‘ta og‘ir holat keskin farq qiladi).

Vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayevdan bu masala bo‘yicha izoh so‘radik. Vazirlik rasmiysining ma’lum qilishicha, videodagi ayol virusologiya ilmiy tekshirish instituti xodimi emas.

«Hozir ayni shu masala bo‘yicha surishtiruv olib boryapmiz va to‘liq ma’lumot bo‘lishi bilan xabar beramiz. Ammo dastlabki xulosalar bo‘yicha aytish mumkinki, aynan bu ayol virusologiya ilmiy tekshirish institutida shifokor yoki hamshira bo‘lib ishlamaydi. Bu masalaga institut rahbariyati tomonidan ham aniqlik kiritildi. Ayolning o‘zi ham qaysi shifoxonaning qaysi bemorlari og‘ir ahvolda ekanligini aniq aytmagan. Bu tibbiyot xodimi qayerda ishlashi haqida surishtiruvlar olib boryapmiz.

Eng muhimi, koronavirusga chalingan bemorlar soni va ularning ahvoli haqida muntazam axborot berib kelyapmiz va ehtiroslarga berilgan holda aholi orasida sarosima chiqarishga hojat ham yo‘q, buning uchun javobgarlik ham belgilangan.

Eslatib o‘taman, bu hozircha dastlabki xulosalar va aniq axborot, qo‘shimcha yangilik bo‘lishi bilan e’lon qilamiz», dedi Furqat Sanayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 491
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 445
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 684
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 107
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 117
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • Bo‘limlar