“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2024, 04:53
ЎЗO‘Z

Karantin davrida tadbirkorlarga qanday soliq imtiyozlari beriladi?

25 mar, 18:53 5 081 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin davrida tadbirkorlarga qanday soliq imtiyozlari beriladi? Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarov AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda fuqarolar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Xususan, karantin davrida tadbirkorlarga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etilishi haqida axborot berildi.

«Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmonida YATTni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun har oyda to‘lab boradigan ikkita soliq bo‘yicha imtiyozlar birildi. Bu imtiyozlar 2020 yil 1 apreldan 1 oktabrga qadar amal qiladi.

Barcha YATTlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirildi. Ya’ni, hozirda YATT soliqqa har oyda 223 ming so‘m to‘lab kelayotgan bo‘lsa, endi 111,5 ming to‘laydi. Bu me’yor markazlashgan holda DSQ tomonidan dasturiy mahsulga tegishli o‘zgartirish kiritish orqali amalga oshiriladi va 1 apreldan boshlab avtomatik tarzda ijtimoiy soliq 50 foizga kamaytirilgan holda hisoblanadi.

Faoliyati turizm sohasi bilan bog‘liq YATTlardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini 30 foizgacha kamaytirish masalasi belgilandi. Bu me’yor joylardagi Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari qarori orqali amalga oshiriladi.
YATTlar ushbu soliqqa faoliyat turi va faoliyatini amalga oshirish joyiga qarab 50 ming so‘mdan 750 ming so‘mgacha soliq to‘laydi.

Mol-mulk, yer va suv soliqlari bo‘yicha qarzdorlik undirilmasligi, penya hisoblanmasligi ham avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Agar, ushbu mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash bo‘yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyatga ariza bilan murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun ham soliq imtiyozlari berilishi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonalari tovar aylanmasi 1 mlrd so‘mdan kam bo‘ladigan bo‘lsa, aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi. Agar ko‘p bo‘lsa QQS to‘lovchisi bo‘ladi. Asosiy faoliyati, ya’ni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash bilan bog‘liq mol-mulklar bo‘yicha mulk solig‘i to‘lamaydi. Yer solig‘i hisobotini 1 mayga qadar taqdim etadi. Lekin soliq summasining 30 foizini
1 sentabrga qadar
, qolgan qismini (70 foizini) 1 dekabrga qadar to‘laydi.

Suv solig‘i 2020 yilda o‘rnatilgan stavkalarga ko‘ra, 1 kub metr uchun yer usti suv resurslaridan foydalansa 140 so‘m, yer osti manbalaridan foydalansa, 170 so‘m to‘lanishi kerak. Prezident farmoni bilan ushbu soliq bo‘yicha stavka, ya’ni qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo‘yicha 50 foizga pasaytiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 88
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 66
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 206
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 64
  • O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni jadallashtiradi 11 apr, 21:47 69
  • Yaqin kunlarda valyutalar kursi qanday o‘zgaradi? 09 apr, 18:39 187
  • So'nggi yangiliklar
  • Iordaniyada Eron hujumi paytida urib tushirilgan raketalar internetda sotuvga qo‘yildi 17 apr, 00:39 51
  • Ispanlar Fayzullayevga e’tibor qaratdi... 17 apr, 00:30 114
  • Mashhur jarroh Timur Haydarov klinikasida tintuv o‘tkazildi, jinoyat ishi ochildi 17 apr, 00:23 101
  • SSKA Abbosbek Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Baltika”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 17 apr, 00:04 64
  • Nyu-Yorkda Donald Tramp ustidan jinoiy sud jarayoni boshlandi 16 apr, 23:59 25
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 36
  • Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi 16 apr, 22:45 87
  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi 16 apr, 22:16 103
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 72
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 49
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 135
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 259
  • Bo‘limlar