“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 07:49
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash uchun test tizimi ishlab chiqildi

24 mar, 23:30 4 620 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash uchun test tizimi ishlab chiqildi Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
Innovatsiya vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari koronavirusni aniqlash uchun test sistemasini ishlab chiqish ustida ishlar olib borishmoqda. Bu haqda markaz axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, olimlar innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning topshirig‘iga binoan, bundan taxminan bir oy oldin virusning butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgani, virusning O‘zbekistonga ham kirib kelish xavfi mavjudligini inobatga olgan holda test sistemasini ishlab chiqish ustida ish boshlagandi.

Ayni paytja markazning biotexnologlari tomonidan COVID-19 koronavirusini aniqlash bo‘yicha test sistemasi ishlab chiqildi. Test sistemasi COVID-19 virusi genomining uch uchastkasining PSR usulidagi tahlilga asoslangan va bu o‘zbek olimlari tomonidan ishlab chiqilgan test sistemasining xususiyati bo‘lib, hozirgi kunda xizmatdagi mavjud bo‘lgan testlar faqat bir uchastka tahliliga asoslangan.

— Bizning to‘plamimiz JSST hamda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi tavsiyalari asosida ishlab chiqildi, — deydi ishlab chiqaruvchilardan biri, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev. — JSST tavsiyalariga ko‘ra, birinchi navbatda koronavirus testi asosiy sinov sifatida amalga oshiriladi va keyin uni tasdiqlash uchun COVID-19 genomining yana ikkita qismida test o‘tkazilishi kerak. Yakuniy bosqich aniqlangan shtammni tartiblashdan iborat, bu virusning mutatsiya darajasini aniqlash uchun muhimdir, chunki boshqa tez tarqaladigan viruslar tufayli COVID-19 virusi mutatsiyalarga uchraydi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
Mahalliy test sistemasini yaratish jarayonida O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi tomonidan Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan ijobiy test namunalari tezkor yetkazib berildi.

— Keyingi bosqichda test tizimimizni ro‘yxatdan o‘tkazishimiz kerak va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishimiz mumkin bo‘ladi, — deydi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori Shaxlo Turdiqulova. — Bizning markazimiz diagnostika test sistemalarini ishlab chiqarish uchun maxsus uchastkasiga ega. U yerda bizning startapchilarimizdan biri —“Biotestlab“ jamoasi ishlaydi. Startap yosh, lekin biz bunday ishlab chiqarishda tajribaga egamiz.

Ma’lum qilinishicha, mazkur test tizimining afzalligi uning tezkorligidadir. Kasallikka tashxis qo‘yish uchun inson dimog‘idan namuna olinadi, negaki aynan unda katta qismda virus to‘planadi. So‘ngra virus RNKsi olinadi, DNK shakliga o‘tkaziladi va PSR tahlili amalga oshiriladi — butun jarayon taxminan 5-6 soat vaqtni oladi. Bu ekspress test emas, balki faqat maxsus laboratoriyalarda foydalanish mumkin bo‘lgan to‘laqonli test bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 88
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 55
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 499
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 0
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 0
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 0
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 66
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 28
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 156
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Bo‘limlar