“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 12:44
ЎЗO‘Z

Manba: Benzin narxi arzonlashishi kutilmoqda

24 mar, 22:49 4 283 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Manba: Benzin narxi arzonlashishi kutilmoqda O‘zbekistonda benzin narxi arzonlashi kutilyapti. Bu ma’lumotni Kun.uz muxbiri suhbatlashgan bir nechta manba tasdiqladi.

Hozircha yoqilg‘i narxi necha so‘mga arzonlashi ma’lum emas. Manbalardan biri taxminan 300 so‘mgacha arzonlashi mumkinligini bildirgan, ammo bu hali aniq emas. Narx qanchaga arzonlashi birja savdolari natijasiga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Benzin narxidagi o‘zgarishlar ertaga rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Dizel va boshqa turdagi yoqilg‘ilar narxida o‘zgarish bo‘lish-bo‘lmasligi ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan sezilarli ko‘paygan: 2019 yilning shu davrida 151,6 ming tonna, 2020 yilda esa 190,3 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatilgan: 2019 yilning dastlabki ikki oyida 169,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 195,9 ming tonnani tashkil etgan.

«O‘zbekneftgaz» 1 martdan boshlab o‘z AYOQSHlaridagi dizel yoqilg‘isining narxini 7500 so‘mdan 7300 so‘mga arzonlashtirgan.

Avvalroq karantin tufayli AYOQSHlar yopilishi haqida tarqalgan gap-so‘zlarni birdaniga bir nechta tashkilot – Energetika vazirligi, «O‘zbekneftgaz», «O‘ztransgaz» va Toshkent shahar hokimligi rad etib chiqqan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 73
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 217
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 82
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 39
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 233
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Bo‘limlar