“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 02:09
ЎЗO‘Z

Yurak uchun eng xavfli mahsulotlar ma’lum qilindi

24 mar, 19:19 4 414 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurak uchun eng xavfli mahsulotlar ma’lum qilindi Foto: Depositphotos / stevanovicigor
Yurak-tomir kasalliklari avj olishi xavfini minimallashtirish uchun ovqatlanish ratsioniga nafaqat yurak-tomir tizimi uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni qo‘shish, balki zararli mahsulotlardan voz kechish ham lozim.
Bu borada o‘z tavsiyalari bilan La Vanguardia ispan nashrida kardiolog Pablo Kanepa bo‘lishdi.

Mutaxassis qizil go‘shtni yurak uchun juda xavfli mahsulot deb atagan. Bu mahsulotda ko‘p miqdorda to‘yingan yog‘lar mavjud bo‘lib, bu yog‘larni iste’mol qilishni cheklash lozim. Ular o‘rniga mono- va polito‘yinmagan yog‘larga afzallik berish kerak. Bunday yog‘lar manbai yong‘oqlar, birinchi siqishda olingan zaytun moyi, pistalar, avokado, baliqlarning ba’zi turlari hisoblanadi. Kardiolog taomnomaga go‘shtlarning parhezbop turlari, misol uchun tovuq go‘shtini qo‘shishni tavsiya qilgan.

Bundan tashqari, pishiriqlar va nonushta uchun pag‘a-pag‘a yormalar (xlopya), yarimfabrikatlar – tayyor va muzlatilgan pirog, pitssa, pastalar iste’mol qilishdan qochish lozim. Bunday oziq-ovqat mahsulotlari “yomon” xolesterin miqdorini oshiruvchi transyog‘larga boy bo‘lib, u vazn yig‘ishga olib keladi va yurak-tomir kasalliklari hamda ikkinchi turdagi qand kasalligi xavfini oshiradi.

Shifokor spirtsiz energetik ichimliklar iste’mol qilishni qat’iyan tavsiya qilmagan, chunki ularda kofeindan tashqari, ko‘p miqdorda shakar va zararli qo‘shimchalar mavjud. Energetiklar asab tizimiga qo‘zg‘ovchi ta’sir ko‘rsatadi. U esa o‘z navbatida yurak mushaklari muammolarini keltirib chiqaradi.

Kardiologning ta’kidlashicha, yuqori qon bosimi bilan bog‘liq xavflardan qochish uchun tuz iste’molini kamaytirish muhimdir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, tuzning kunlik me’yorini 1,5 grammgacha kamaytirish lozim. Kanepaning ta’kidlashicha, tayyor taomda bir grammga yaqin tuz bor bo‘ladi, shu sababli u belgilangan me’yordan osongina ko‘proq iste’mol qilib yuborilishi mumkin.

Shuningdek, spirtli ichimliklardan voz kechish lozim, chunki ular yurak to‘xtashi va miokard infarkti hamda miya zararlanishi imkoniyatlarini oshiradi.
Shuningdek, qaymoq va sariyog‘ iste’molini cheklash foydalidir.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, o‘z yurak-tomir tizimi holati ortidan kuzatib boruvchi odamlar O‘rta yer dengizi diyetasi foydasiga tanlov qilishlari lozim. Bu diyeta mevalar, sabzavotlar, yong‘oqlar, dukkakli mahsulotlar, baliq va zaytun moyiga boy bo‘lib, biroq go‘sht iste’molini cheklaydi.

Shuningdek, har kuni jismoniy faollikka 45 daqiqa ajratish va yomon odatlardan voz kechish lozim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 314
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 210
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 476
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 321
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 350
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 430
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 50
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 58
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 48
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 36
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 33
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 28
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 35
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 33
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 165
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 274
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 23
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Bo‘limlar